Ilya Sviridov ismli avtomobil blogeri o‘zining YouTube’dagi kanali orqali 865 ming rubl (11,7 ming dollar) turadigan Luxe jamlanmali yangi Lada Niva’ni to‘liq tarkibiy qismlarga ajratib tashladi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, yo‘ltanlamasning tubi yetarli darajada korroziyaga qarshi qoplangan. Biroq ayrim joylariga umuman material ham ishlatilmagan. Muammoli zonalar agregatlar qotiriladigan joyda, old avtomobil ramasi yonlarining pastki qismida, shuningdek, frontal kuzov panelida aniqlangan. Mexanik mashinada shovqinni so‘ndirish uchun pol qismi ko‘pik va movut bilan qoplanganini qayd etib o‘tgan.
Eshiklardagi plastik qoplamni yechib olgan bloger sellofanga duch kelgan. Bundan tashqari, an’anaviy xomut yoki tortuvchi bolt o‘rniga yukxona atrofidagi simlar oddiy izolenta bilan bog‘lab qo‘yilgani aniqlangan. Muhandis chap qanotni yechib olganida shnorkel havo filtri bilan kanalizatsiyaga mo‘ljallangan plastik truba bilan qotirilgan bo‘lib chiqdi.
Luxe jamlanmasiga ega to‘liq o‘lchamli Lada Niva 80 ot kuchiga ega 1,7 litrli benzin dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, u besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida ishlaydi.
Mavzuga doir: Hisob-kitob qilib ko‘rildi: Yangi Lada Vesta’ni sotib olgan foydalimi yoki uni ehtiyot qismlaridan yig‘gan?
Izoh (0)