YouTube’dagi “Sandro garajida” kanalida Lada Vesta mashinasi sochib tashlash tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Aniqlanishicha, avtomobilning ko‘plab ehtiyot qismlari Rossiyada ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan xorij firmalariga tegishli. Shu bilan birga, rolik mualliflari avtomobildagi ehtiyot qismlar ishlab chiqariladigan mamlakatlar nomini aytib ketgan, deb xabar beradi Motor.

Kadr: YouTube

Masalan, Lada Vesta’ning ushbu nusxasiga o‘rnatilgan “robot” uzatmalar qutisi ZF konserni tarkibiga kiruvchi Germaniyaning Sachs firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. 1,8 lirli “VAZ-21179” motoridagi o‘t oldirish g‘altagi Italiyaning Eldor brendiga tegishli, gazni taqsimlash fazasini o‘zgartirish tizimi — Germaniyadagi INA firmasiniki, termostat — Behr markasini, havo va moy nasosi esa Janubiy Koreya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Video muallifining ta’kidlashicha, butun “naves” jihozlariga mufti va iqlim tizimini ham ishlab chiqaradigan Fransiyaning Valeo logotipi tushirilgan.

Shu bilan birga, yuqorida nomi keltirilgan ehtiyot qismlari, albatta, ushbu brendlarning mamlakatida ishlab chiqarilishi shart emas — asosan boshqa davlatlarda, masalan, Rossiya, Chexiya va Turkiyada ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

“AvtoVaz” to‘liq Niderlandiyaning Alliance Rostec Auto B.V. xoldingiga tegishli. Bu “Rostex” va Renault Group qo‘shma korxonasi bo‘lib, ularning ulushi mos ravishda 32,39 va 67,61 foizni tashkil etadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Lada avtomobillarini o‘rtacha lokalizatsiya qilish darajasi 85 foizni tashkil etadi. Ammo kompaniyaning moliyaviy hisobotlarida 30-35 foizgacha import xaridlari ulushi ham qayd etilgan.