North American Car and Truck of the Year tanlovining ekspertlar hay’ati qisqa ro‘yxatdan o‘rin olgan modellar nomini e’lon qildi. Asosiy mukofotga Osiyoning uchta avtomobili — Genesis G80, Hyundai Elantra va Nissan Sentra kurashmoqda, deb xabar beradi Motor.
“Shimoliy Amerikadagi eng yaxshi utilitar avtomobil” yo‘nalishi bo‘yicha finalga Ford Mustang Mach-E, Genesis GV80 va Land Rover Defender chiqqan, yilning eng yaxshi yuk mashinasiga esa faqat Amerika modellar kurashmoqda: Ford F-150, Jeep Gladiator Mojave va Ram 1500 TRX.
G‘oliblar tarkibidan avtomobil jurnalistlari o‘rin olgan hay’at tomonidan aniqlanadi. Tanlov 2021-yilning boshida tugaydi, natijalar esa 11-yanvar kuni e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, 2019-yilda Shimoliy Amerikaning eng yaxshi avtomobili nomiga Corvette Stingray C8 ega bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida World Car of the Year (WCOTY) tanlovi Kia Telluride krossoverini 2020-yilning eng yaxshi avtomobili deya topgandi.
Izoh (0)