Vazirlar Mahkamasi 15-dekabr kuni bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni yaxshilash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi, deb xabar bermoqda Norma.
Umumiy qiymati 100,57 million dollarni tashkil qiluvchi ushbu loyiha bolalarning erta ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sharoitlarini yaxshilash va 2020—2024-yillarda ta'lim sifatini tizimli ravishda baholash imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan.
2019-yilning iyul oyida O‘zbekiston va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) o‘rtasida 30 yillik muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan “Bolalarning rivojlanishini yoshligidan yaxshilash” loyihasini amalga oshirish uchun 59,5 million dollar miqdorida kredit shartnomasi imzolangan edi.
Bundan tashqari, XTA bilan 9,5 million dollarlik grant ajratish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Loyihada O‘zbekistonning ulushi 16,9 million dollar ekvivalentdagi soliq va bojxona imtiyozlarini hisobga olgan holda 26,72 million dollarni tashkil etadi.
Izoh (0)