Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qiydigan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan talabalardan koronavirusga test tekshiruvlari istisno tariqasida arzonlashtirilgan narxda amalga oshirilishi belgilandi.
Endilikda chegara o‘tkazish punktlari orqali respublika hududiga kirib kelayotgan ushbu talabalardan COVID-19’ga test tekshiruvlari istisno tariqasida 50 000 so‘mdan oshmasligi lozim (xususiy laboratoriyalarda o‘tkaziladigan bunday testlarning taxminiy narxi 250 ming so‘m atrofida). Bunda talabalar pasport hamda talabalikni tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishlari lozim.
O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi ko‘plab murojaatlardan kelib chiqib shunday qaror qabul qilgan.
Izoh (0)