“Roma” Italiya A Seriyasi 12-turida “Torino”ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:1).
Uchrashuvning 27-daqiqasida Genrix Mxitaryan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bu armanistonlik futbolchi uchun barcha musobaqalar doirasida so‘nggi 9 o‘yindagi 8-gol bo‘ldi.
Italiya chempionatida Mxitaryan ortda qolgan 12 turda jamoasining 12 ta golida qatnashdi (7 gol va 5 golli uzatma). Bu ayni vaqtda Yevropa top-5 ligalari yarim himoyachilari orasida eng yaxshi natija bo‘lib turibdi.
31 yoshli futbolchi Yevropa Ligasi guruh bosqichida ham bitta gol urishga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)