“Manchester Yunayted” Premyer Ligasi 13-turidan o‘rin olgan “Sheffild Yunayted”ga qarshi 17-dekabr kungi safar o‘yinida g‘alabaga erishdi (3:2).
Shu tariqa mankunianlar Angliya oliy divizionining ketma-ket oltita safar o‘yinida uch va undan ortiq gol urgan tarixdagi ilk jamoaga aylandi.
Shuningdek, jamoa ketma-ket o‘nta safar o‘yinida 2+ gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bunaqasi so‘nggi bor 1960-yilda “Tottenhem” tomonidan qayd etilgandi.
Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi jamoa 13-turdan keyin 23 ochko to‘plab, 6-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)