“Manchester Yunayted” sobiq hujumchisi Ueyn Runining o‘g‘li Kay Runi mankunianliklar safiga qo‘shildi.
11 yoshli futbolchi endilikda “Manchester Yunayted” akademiyasi tarbiyalanuvchisiga aylandi.
“Zo‘r berib mehnat qilishda davom et, o‘g‘lim”, — deya yozadi Runi o‘z Twitter’ida.
Runi hozirda “Derbi Kaunti”ning o‘ynovchi murabbiyi hisoblanadi. U “Manchester Yunayted” safida 500 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, 253 ta gol urgan va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)