“O‘zbekiston temir yo‘llari” 63,4 milliard so‘m zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Spot’ning xabar berishicha, bu haqda kompaniyaning 2020-yil uchinchi choragi yakunlari to‘g‘risida Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilingan hisobotida qayd etilgan.
Unga ko‘ra, kompaniyaning sof foydasi 6,6 trillion so‘mni, yalpi foyda 2,4 trillion so‘m, asosiy faoliyatdan olingan daromad 1,9 trillion so‘mni tashkil etdi. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar 2,3 trillion so‘mni, valyuta kurslari farqidan ko‘rilgan zarar 1,7 trillion so‘mni tashkil etdi.
May oyidayoq mamlakat transport korxonalari karantin cheklovlari sababli 340 milliard so‘m zarar ko‘rgani ma’lum bo‘lgandi. Epidemiologik vaziyat barqarorlashguncha bu raqamlar yana oshishi aniq.
Avvalroq pandemiya sababli Uzbekistan Airways 2020-yilning birinchi yarmida 767,7 milliard so‘m zarar ko‘rgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)