Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi 11-turining so‘nggi o‘yinida “Milan” 13-dekabr, yakshanba kuni “Parma”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida Ernani mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Yasmin Kurtich jamoasining ikkinchi golini urdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Teo Ernandes milanliklarning dastlabki javob to‘pini kiritdi.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Teo muvozanatni tiklagan holda jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
“Milan” 27 ochko bilan musobaqa jadvalini boshqarib bormoqda. Jamoa keyingi turda “Jenoa”ga qarshi bahs yuritadi.
11-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:
A Seriya
11-tur bahsi
13-dekabr, yakshanba
“Milan” — “Parma” 2:2
Gollar: 0:1 – 13 Ernani, 0:2 – 56 Kurtich, 1:2 – 58 Teo, 2:2 – 90+1 Teo.“Milan”: Donnarumma, Kalabriya, Gabbiya (Kalulu, 5), Romanyoli, Teo, Bennaser (Tonali, 75), Kessie, Kastilyexo (Rafael Leau, 46), Brahim Dias (Heuge, 46), Chalxono‘g‘lu, Rebich.
“Parma”: Sepe, Yakoponi, Osorio, Brunu Alvesh, Galolo, Ernani (Byusi, 87), Brugman, Kurtich (Zom, 74), Karamo (Sipryen, 67), Kornelius (Ingleze, 67), Jervinyo.
Ogohlantirishlar: Teo (35), Osorio (41), Yakoponi (64), Ingleze (76), Kalabriya (80), Kalulu (83).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)