Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Lyusyen Favr iste’foga chiqarildi. Bu haqda klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Bu biz uchun og‘ir qadam. Biroq fikrimizcha, yaqinda ro‘y bergan negativ voqealar sabab mavsumga qo‘ygan maqsadlarimiz katta xavf ostida qoldi. Shu tufayli bu ishga qo‘l urdik”, — deydi klub sport direktori Mixael Sork.
Eslatib o‘tamiz, “Borussiya D” Bundesliga 12-turi doirasida 12-dekabr kuni “Shtutgart”ga qarshi kechgan bahsda 1:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Favrning yordamchisi Edin Terzich mavsum yakuniga qadar “Borussiya D”da bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ishlaydi.
“Borussiya” Germaniya chempionatida 5-o‘rinda bormoqda, dortmundliklar peshqadamlar “Bavariya” va “Leypsig”dan besh ochkoga ortda qolmoqda.
Favr 2018-yilda “Borussiya” boshqaruviga kelgandi. Uning qo‘l ostida jamoa 2019-yilda Germaniya Superkubogiga ega chiqdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)