Urganch shahrida Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyati faollari va tarmoqlar mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Yig‘ilish avvalida Prezident Shavkat Mirziyoyev xorazmlik dehqon va fermerlarni, butun O‘zbekiston mehnatkash xalqini Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan yana bir bor tabrikladi.
“Davlatimiz rahbari ‘mahalla raisi — islohotchi’ tamoyili asosida ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ta’kidladi”, — deyiladi rasmiy axborotda.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar tanqidiy ko‘rib chiqilgan.
Qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va xizmatlarni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish, kam ta’minlanganlarni kambag‘allikdan chiqarish, mahallalardagi ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilangan.
Mavzuga doir:
- Shavkat Mirziyoyev Xorazmda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi
- Shavkat Mirziyoyev mahsulotlarining 75 foizi eksportga yo‘naltirilgan tekstil korxonasi bilan tanishdi
- O‘zbekistonda endi tumanlardagi iqtisodiy kompleks xodimlari har bir mahallaga biriktirilib, o‘z sohasiga doir masalalarni hal qilib boradi
- Shavkat Mirziyoyev beshinchi avlod texnologiyasiga ega zamonaviy issiqxonani borib ko‘rdi
Izoh (0)