• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    SSV: Niqobsiz yurish pandemiyaning yana avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakat fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Vazirlik fuqarolardan koronavirus xavfining oldini olishda shaxsiy javobgarlik his qilishni, tibbiy niqoblardan sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishni so‘ragan. Murojaat matni quyida to‘lig‘icha keltiriladi.

    Koronavirus pandemiyasi butun dunyo favqulodda vaziyatlarga tayyor turishi kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi. Shuning uchun ham, iqtisodiy va tibbiy imkoniyatlaridan qat’iy nazar barcha davlatlarga birdek ta’sir qilgan koronavirus pandemiyasidan har kim tegishli xulosasini chiqardi.

    Mamlakatimizda ham Prezidentimiz va hukumatning qator farmon va qarorlari qabul qilinib, milliy tibbiyot tizimini birlamchi bo‘g‘inidan boshlab isloh etilmoqda. Bu islohotlar tez vaqtlarda o‘zining ijobiy natijasini berishi shubhasiz. Mamlakatimizda o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tabdirlar ushbu infeksiyani jilovlashda ahamiyatli bo‘lmoqda.

    Pandemiyaning yuqori cho‘qqisida yurtimizda ehtiyot chorasi sifatida jami 159 ta muassasada 25200 shifo o‘rni, shu jumladan, 2500 reanimatsion o‘rin tashkil etildi. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda 58 ta yirik bino-inshootlarni moslashtirish orqali yana 15 ming, shundan 1225 reanimatsiya o‘rinlari tashkil etildi.

    Dunyoda infeksiya tarqalishi hanuz xavfli darajada turgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonda kasallik nisbatan jilovlandi, deya olamiz. So‘nggi oylar mobaynida yurtimizda infeksiya tarqalishining biroz barqarorlashishi sababli koronavirusga moslashtirilgan 159 ta muassasadan 107 tasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha odatiy faoliyatini boshlab yubordi, 23 tasi esa konservatsiya qilindi.

    Ammo bu ‘endi bizda koronavirus xavfi yo‘q’, deyishga asos bo‘lmaydi. Ayni paytda yurtimizdagi COVID-19 shifoxonalarida kasallikni ayrim simptomlari mavjud bo‘lib, gumon qilingan, pnevmoniyaga chalingan yoki unga ham gumon qilingan bemorlardan tashqari 2 ming nafardan ortiq koronavirusdan davolanayotganlarni ham unutmasligimiz kerak.

    Koronavirusga qarshi kurash tadbirlari katta moliyaviy ta’minot talab qilishi hech kimga sir emas. Xususan, pandemiya davrida tibbiyot muassasalariga 55 dona rentgen, 2 ming dona funksional krovat, 1 ming 450 ta SIPAP, 3 ming 300 ta kislorod konsentrator va boshqa jihozlar, shuningdek, budjet hisobidan sun’iy nafas oldrish apparatlari, kardiomonitor va PZR uskunalari o‘z vaqtida yetkazib berildi.

    Shuningdek, Zangiota tumanidagi 4000 o‘rinli ko‘p tarmoqli maxsus ikkita shifoxonaning, Yuqori Chirchiq tumanidagi 20 ming o‘rinli koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan zamonaviy majmuaning qisqa fursatlarda qurib foydalanishga topshirilgani katta voqea bo‘ldi.

    Davlat tomonidan berilayotgan bunday e’tiborga javoban, har bir fuqaro o‘z sog‘ligi uchun shaxsan javobgarlikni his qilishi, pandemiya tartib-qoidalariga rioya etishni kundalik odatga aylantirishi lozim.

    Ammo hozirda koronavirus xavfi chekingani vajidan ko‘chalarda niqobsiz, sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilmay yurgan fuqarolar ko‘p uchramoqda.

    Shu o‘rinda Sog‘liqni saqlash vazirligi pandemiyaning mamlakatimizda yana avj olmasligi, eng avvalo, o‘zimizga bog‘liq ekanini eslatib o‘tadi. Shu sababdan ham barchangizdan koronavirus xavfining oldini olishda shaxsiy javobgarlik his qilishingizni, tibbiy niqoblardan sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishni bir zum ham unutmasligingizni so‘rab qoladi.

    Avvalroq Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” va “Universal” sport majmuasida tashkil qilingan saralash va taqsimlash markazlari yopilgani, O‘zbekistonda dekabrning dastlabki yetti kunida COVID-19 oqibatida rasman faqat bir kishi vafot etgani ma’lum qilingani hamda O‘zbekistonda koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida xabar berilgandi.

    13.12.2020, 08:00   Izoh (0)   25847
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Xorazmda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi

    12.12.2020, 23:11

    Shavkat Mirziyoyev mahsulotlarining 75 foizi eksportga yo‘naltirilgan tekstil korxonasi bilan tanishdi

    12.12.2020, 22:49

    Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga tabrik yo‘lladi

    12.12.2020, 20:35

    O‘zbekistonda endi tumanlardagi iqtisodiy kompleks xodimlari har bir mahallaga biriktirilib, o‘z sohasiga doir masalalarni hal qilib boradi

    12.12.2020, 19:12

    Yunusoboddagi bekat oldidan ayol kishi murdasi topildi

    12.12.2020, 18:33

    Tashkent City hududida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    12.12.2020, 16:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.