Vazirlar Mahkamasining kotibiyatiga mudir tayinlandi, deya xabar qilmoqda O‘zA.
Ma’lum qilinishicha, hukumatning 2020-yil 9-dekabrdagi 774-sonli qaroriga ko‘ra Obidjon Qudratov O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri etib tayinlandi.
Avvalroq Namangan va Surxondaryo viloyatlari qurilish bosh boshqarmalari rahbarlari o‘zgargani, O‘zbekistonning Istanbuldagi yangi bosh konsuli tayinlangani hamda “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasiga rahbar tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)