• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqand tumani hokimi: Elektrni hech kim ataylab o‘chirmayapti

    Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyat va tuman hokimlaridan 2020-yilda amalga oshirilgan ishlar yakuni va 2021-yilda rejalashtirilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan murojaatnomani keng ommaga taqdim etishni talab qilgan edi. Samarqand tumani hokimi Nosir Mavlonov 10-dekabr kuni Xalq deputatlari kengashida chiqish qildi. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Ta’kidlanishicha, Samarqand tumani geografik joylashuvi jihatidan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida yaxshigina sharoitga ega. Yaqinda aholisi 1 millionga yetishi kutilayotgan shahar yonida joylashgan tuman eksport uchun ham qulay. Ammo pandemiya tufayli bir qator ishlar to‘xtab qolgan edi.

    Tumandagi 565 ta sanoat korxonasining 76 tasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Shuningdek, 31 tasi 25 foiz va 8 tasi 50 foiz quvvatda ishlay boshladi. Natijada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2020-yil 6 oy yakunida 28 foizga kamaydi.

    Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 1-dekabr holatiga ko‘ra 4957 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatishiga erishildi. Jumladan, 689 ta yangi yuridik korxona (shundan 306 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyat, 16 tasi xususiy korxona, 338 ta oilaviy korxona, 14 ta fermer xo‘jaligi) tashkil etilib, yil yakunigacha yana 15 ta yangi korxona tashkil etish rejalashtirildi.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Murojaatdan so‘ng bir qator masalalar yuzasidan deputatlar va jurnalistlar tuman hokimi Nosir Mavlonovga savollar bilan murojaat etdi.

    Qishning sovuq kunlarida tumandagi ayrim hududlarda suyultirilgan gaz va elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yuzaga keldi. Ushbu muammoni hal etish uchun qanday rejalar bor?

    — Noyabr oyida qo‘qqisdan sovuq tushgach, darhaqiqat, elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha muammolar ko‘rinib qoldi. Shu kecha-kunduzda ham turli mahallalarda uzilishlar uchrab turibdi va bunga bir qator sabablar bor. Birinchidan, aholi zich joylashgan va uylarni isitish uchun elektrdan betartib foydalanish holati bo‘layotgani uchun transformatorlarga tushgan yuklama ko‘payib ketmoqda. Natijada avariyalar yuzaga kelmoqda. Ammo bu holatlarni tezda bartaraf etishga harakat qilyapmiz. Bir narsani tushunishingizni istaymiz, hech kim ataylab elektrni o‘chirmayapti, balki avariya holatlari yuzaga kelgani uchun ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

    Bu muammoni hal qilish uchun nimalar qilmoqdamiz? Avvalo, aholi bilan muloqot davomida elektr iste’moli masalasida tushuntirish ishlari olib borilyapti. Qolaversa, bugun tuman elektr ta’minoti boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Albatta, o‘zimizda ham ayb bor. Garchi kuz—qish mavsumiga tayyorlanishga harakat qilgan bo‘lsak ham, ba’zi masalalarda to‘liq tayyor emasligimiz ko‘rinib qoldi.

    Suyultirilgan gazga kelsak, tuman aholisini to‘liq ta’minlash uchun 29 mingta gaz balloniga ehtiyojimiz bor. Biroq bizga hozirda 3 mingga yaqin gaz balloni yetishmayapti. Bu masala yo‘l xaritasiga kiritilgan. Yana bir masala — tumanning ehtiyoji uchun 250 tonna suyultirilgan gaz kerak. Sovuq o‘ta kuchaygan vaqtda bizga 190 tonna ajratildi. Shu sababli ta’minotda uzilishlar yuzaga keldi. Bu masalani hal qilish uchun ishlayapmiz. Yaqin kunlarda qo‘shimcha 1000 ta gaz balloni olamiz va ta’minot 60 kunga tushdi.

    Hozirda mutaxassislar bilan birga ishlayapmiz. Tuman elektr ta’minoti, gaz boshqarmasi va hokimlikda shtab tashkil etilgan. Muammolarni bosqichma-bosqich yechib borish rejalashtirilgan. Elektr va gaz masalasi 2021-yilning birinchi yarmiga mo‘ljallangan dasturga kiritilgan. Zaxira mablag‘imiz va budjetdan orttirilgan pul hisobiga yaroqsiz holatga kelib qolgan simyog‘ochlar almashtiriladi.

    Tumanda tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish yuqori. Shu sababli banklarga imtiyozli kredit bo‘yicha ko‘p murojaat tushadi. Ammo bu murojaatlar har doim ham vaqtida qanoatlantirilmaydi. Balki tumanda xususiy banklar filialini ko‘paytirish kerakdir? Bizda bir ma’lumot bor — Jahon banki reytingiga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yaxshi banki sifatida xususiy bank tan olingan. O‘sha xususiy banklarni tumanga jalb etish kerak emasmi?

    — Haqiqatan ham shunday muammo bor. Tuman tadbirkorlari hech qanday yangilikka beparvo emas. Zamonaviy innovatsion xizmat ko‘rsatadigan xususiy tijorat banklari ko‘paygani yaxshi, albatta. Biz Markaziy bank rahbariyati va sohaga mas’ul bo‘lganlar bilan muloqot o‘tkazamiz va ushbu taklifni ularga yetkazamiz. Samarqand tumani tadbirkorlari ishlab chiqarayotgan mahsulot va ko‘rsatayotgan xizmatga nafaqat viloyat, balki butun respublikadan talab mavjud. Biz shu bilan birga eksportni ham inobatga olamiz. Viloyatda 9—10 ta yangi bank paydo bo‘lgan. Agar ular tumanga kirishni istasa, biz faqat qo‘llab-quvvatlaymiz.

    Tuman tibbiyot birlashmasi yonida norasmiy bozor faoliyati davom etyapti. Hatto tez tibbiy yordam bo‘limi eshigining yonigacha sotuvchilar joylashib olgan. Nima uchun yangi qurilgan bozor bo‘sh turibdi?

    — Eski bozor darhaqiqat juda betartib. Aslida u bozor ham emas. Bir haftada bir marta — juma kuni faoliyat yuritadigan bozor. Afsuski, aholi o‘sha joyga o‘rgangan. Biz imkon qadar harakat qilyapmiz, tumanimizda transport yo‘nalishi mavjud. Shahar bilan bog‘laydigan yo‘l yoqasida joylashganmiz. Biz odamlarni yangi bozorga o‘rgatish uchun avtobuslarning to‘xtash joyini o‘sha atrofga joylashtirishni ko‘zlagan edik. Pandemiya tufayli tashabbus biroz to‘xtab qoldi. Bu tadbirga yo‘nalishda faoliyat yuritadigan korxona vakillarini ham jalb qilamiz va dehqon bozoriga borishga qulay qilib yo‘nalish belgilaymiz. Eski bozorga SEOM, IIV va boshqa tashkilot xodimlari bilan birga borib, targ‘ibot o‘tkazmoqdamiz. Odamlarimiz betartib bozorga borishga o‘rganib qolgan. Biz faqat yangi bozordagi sharoitni yaxshilash orqali odamlarni u yerga o‘rgata olamiz.

    Xorijda ishlashdan voz kechib, tumanda qolib, mehnat qilishga qaror qilgan yoshlarga qanday sharoit yaratgansiz?

    — Oxirgi bir yilning o‘zida 1200 dan ortiq migrantlarimiz tumanga qaytib keldi. Bizda qishloq xo‘jaligi yaxshi rivojlangan. Tuman aholisining faqat 7 foizi shaharda yashaydi, qolgani qishloqlarda. Shu sababli g‘alladan bo‘shagan 400 gektardan ortiq yer takroriy ekin uchun 1300 fuqaroga bo‘lib berildi.

    Mironko‘l, Chordara va Konigil hududlarida 22 gektar yerda kam ta’minlangan oila vakillari uchun qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalari tashkil etib berdik. Ular yetishtirgan mahsulotni sotib olib, qayta ishlaydigan tadbirkor ham tayyor. Biz fuqarolarni o‘zimizda ishli qilish bo‘yicha yana chora-tadbirlar olib boramiz.

    Mavzuga doir:

    • Samarqandda so‘nggi ikki yilda 700 nafar bola nogironlikdan xalos bo‘ldi
    • Samarqanddagi Afrosiyob Palace mehmonxonasi 43,4 mlrd so‘mga sotildi
    • Buxoroda aholi gaz yo‘qligi sabab yo‘lni to‘sib qo‘ydi (video)

    10.12.2020, 15:49   Izoh (0)   19044
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2020-yilda mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxsning nafaqasi o‘z vaqtida yetkazib berilmagan — Pensiya jamg‘armasi

    10.12.2020, 15:25

    Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatiga tergov boshqarma boshliqlari tayinlandi

    10.12.2020, 15:01

    O‘zbekistonda 11-dekabr kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz, lekin tumanli bo‘lishi kutilmoqda

    10.12.2020, 14:08

    O‘zbekistonda yozgi kafelar va ko‘chma rastalarni tartibga solish rejalashtirilmoqda

    10.12.2020, 13:58

    Xatirchida hokimni sudga bergan fermer vafot etdi. Marhumning qarindoshlari ushbu o‘limni shubhali deb hisoblamoqda

    10.12.2020, 13:37

    O‘zbekistonda aliment to‘lamaganlar avtotransport boshqarish huquqidan vaqtincha mahrum qilinishi taklif etildi

    10.12.2020, 13:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.