Pantone xalqaro tadqiqot instituti 2021-yil uchun ikkita rang tanladi. Bu — to‘yingan kulrang va yorqin sariq, deb yozmoqda “Interfaks”.
Eslatib o’tamiz, Pantone instituti rang tendensiyalarini kuzatib boradi va har yili dizayner va ishlab chiqaruvchilar faoliyatida foydalanishi mumkin bo‘lgan yil ranglarini e’lon qiladi.
“Qat’iylik va amaliy jihatdan qulaylikni ifodalovchi kulrang va optimistik iliqlik beruvchi sariq rang uyg‘unligi kuch va optimizmni ifodalaydi”, — deyiladi Pantone saytida.
Meduza’ning qayd etishicha, Pantone 20 yil ichida ikkinchi marta yilning bir emas, ikkita rangini tanlashi. 2020-yilda Pantone talqini bo‘yicha yil rangi doimiylik va ishonch belgisi bo‘lib, unga doimo tayanish ramzi hisoblanuvchi klassik ko‘k rang bo‘lgandi. Undan avval esa optimizmga ichki ehtiyoj ramzi hisoblanuvchi “tirik korall” yil rangi bo‘lgan.
Izoh (0)