Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiyaning “Xayabusa-2” kosmik zondi tomonidan Ryugu asteroidi yuzasidan olingan tuproq namunalari ortilgan kapsula Avstraliya janubidagi Vumera taqiqlangan zonasi hududiga qo‘ndi, deb yozadi “RBK”, missiyaning Twitter’iga tayanib.

Foto: JAXA

Foto: JAXA

“Yaponiya vaqti bilan bugun (6-dekabr) 04:31 da (Toshkent vaqti bilan 00:31 da) kapsulaning qaytib kelishi bilan bog‘liq barcha operatsiyalar yakunlandi. Operatsiya mukammal kechdi”, — deyiladi xabarda.

“Xayabusa-2” zondi 2014-yil dekabrida Ryugu asteroidiga uchirilgan edi. 2019-yilning martida apparat asteroiddan olingan namunalarda minerallarni aniqlagani haqida xabar berilgandi, ular bitta guruhga birlashgan kislorod va vodorod atomlarini o‘z ichiga olgan.

Shuningdek, zond 2019-yil iyulida asteroid yuzasida sun’iy krater hosil qilib, tuproq olgan edi.

Missiya natijasida olimlar suv yoki organik moddalar izlarini aniqlashga umid qilmoqda, bu esa koinotda hayot mavjudligi borasidagi savollarga javob berishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar