“Xayabusa-2” — avtomatik sayyoralararo stansiyasi (ASS) Ryugu asteroidiga to‘rt yarim kilogrammli portlovchi moslamani tashladi. Bu haqda TJournal xabar qiladi.

Foto: JAXA

ASS Yerda o‘rganish uchun portlashdan keyin hosil bo‘lgan tuproq qatlami parchalarini to‘playdi.

Olimlar rejalashtirganidek, bomba asteroid ustida kichik krater qoldirdi.

Bomba tashlagandan so‘ng, ASS asteroidning portlagan parchalari bilan to‘qnashmasligi uchun yo‘nalishini o‘zgartirdi. Keyinroq u Ryugu yuzasiga qo‘nib, portlash oqibatida hosil bo‘lgan asteroid tuprog‘i parchalarini yig‘ish bilan shug‘ullanadi.

“Xayabusa-2” o‘z missiyasini 2014-yilda boshlangan bo‘lib, 2018-yilning yozida Ryugu asteroidiga uchib borgan va uni yaqindan suratga tushirgan.

Missiyaning maqsadi — asteroiddan tuproq namunalarini olib, Yergacha yetkazishdir. Buning uchun ASS tantal metalidan yasalgan o‘q otib, asteroid tuproq zarralarini maxsus changyutgich bilan to‘pladi.

ASS 2020-yilgacha namunalar kapsulasini Yerga yuboradi. Asteroiddan olingan tuproq namunalari Quyosh tizimining evolyutsiyasini yaxshiroq o‘rganishga imkon beradi.