O‘zbekiston elchisi Jahongir G‘aniyev 4-dekabr kuni Rim-katolik cherkovi rahbari Fransiskga ishonch yorlig‘i topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Qayd etilishicha, Vatikanning Apostol saroyida bo‘lib o‘tgan rasmiy marosimda katolik cherkovi rahbari O‘zbekiston Prezidenti va o‘zbek xalqiga yuksak ehtirom izhor qildi. U Vatikan va Toshkent o‘rtasida millatlararo va dinlararo do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qaratilgan sheriklikning ijobiy tajribasi to‘planganini ta’kidladi.
Xususan, Rim Papasi Samarqand shahrining nafaqat Sharq mamlakatlari, balki G‘arb dunyosi uchun ham falsafiy va diniy g‘oyalar markazi sifatida muhimligini ta’kidladi.
Suhbat yakunida Rim Papasi Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liq-salomatligi va o‘zbek xalqining ravnaqi uchun ibodat qilishini qayd etdi.
Izoh (0)