• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Mo‘g‘ullarga Yevropa eshiklarini ochgan jang. Botuxonning Kiyevga yurishiga 780 yil to‘ldi

    XIII asr boshlarida Osiyoda dunyo xaritasini o‘zgartirib yuborgan va jahon tarixida o‘ziga xos tarzda iz qoldirgan, ko‘plab xalqlar shakllanishiga hissa qo‘shgan bir siyosiy kuch paydo bo‘ldi. Bu Chingizxon asos solgan mo‘g‘ul imperiyasi edi. Chingizxonning nevarasi Botuxon bobosining yurishlarini g‘arbga qarab davom ettirdi. Ana shunday yurishlar natijasida 1240-yil 6-dekabr sanasida rus davlatining eski markazi Kiyev shahri fath etildi. “Daryo” bugungi maqolada Kiyevning mo‘g‘ullar tomonidan egallanishi haqida hikoya qiladi.

    Tarixiy vaziyat

    Qisqa muddat ichida Xitoy, Markaziy Osiyo, Eron, Dashti Qipchoq hududlari mo‘g‘ullar qo‘liga o‘tdi. Chingizxon asos solgan markazlashgan davlat uning vafotidan keyin uchinchi o‘g‘li O‘qtoy (O‘gadoy) Ulug‘ xon qo‘liga o‘tdi. U esa Chingizxon boshlab bergan dunyoni egallash vazifasini davom ettirishga qaror qildi. Hali fath etilmagan hududlarga, jumladan, rus yerlariga yuborish uchun katta qo‘shin tashkil qilib, unga Chingizxonning nevarasi, Jo‘jixonning o‘g‘li Botuxonni bosh qo‘mondon etib tayinladi. Shu tariqa rus safari boshlandi. Aslida, 1223-yildayoq Subutoy va Jebe no‘yonlar boshchiligida mo‘g‘ullar Kiyev ostonalarigacha borgan, ammo shaharni qamal qilmasdan ortga qaytgan edi. Ammo bu safar hammasi boshqa edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1237—1238-yillarda mo‘g‘ullar Ryazan, Vladimir-Suzdal knyazliklarini fath etdi. Keyin esa Volga-Don tekisliklariga chiqdi va shu yerdan janubi-sharqiy Yevropani egalladi. 1239-yilda shunday yurishlardan birida Pereyaslavl va Dnepr daryosining chap sohili yerlari zabt etildi. Shu yilning kuzida Chernigov egallandi. Shu yilda Menguxon razvedka bilan shug‘ullandi va Kiyev atroflarini diqqat bilan o‘rgandi. U Kiyev knyazi Mixail Vsevolodichga elchilar yubordi, ammo elchilar o‘ldirildi.

    Bu paytda rus knyazliklari o‘zaro dushman kayfiyatida edi, qo‘shimchasiga mo‘g‘ul tahdidi ham bor edi. Knyaz Mixail bu xavf oldida ojiz qoldi va shaharni tark etib, Vengriyaga qarab qochdi. Uning o‘rnini Smolensk knyazi Rostislav egalladi, u ham tez orada Galitsk knyazi Danil Romanovich tomonidan quvib chiqarildi. U esa shaharni Dmitriyga topshirib, uning himoyasini tashkil qilishni buyurdi. O‘zi esa o‘z knyazligiga qarab ravona bo‘ldi.

    1240-yil yozda mo‘g‘ullar g‘arbga yurish uchun tayyorgarlikni yakuniga yetkazdi. Shu vaqtga qadar bo‘lib o‘tgan janglarda yo‘qotilgan askarlar o‘rniga sharqdan va fath etilgan yerlardan yangi askarlar kelib qo‘shildi. G‘arbga qarshi yurish qilgan qo‘shin soni haqida turli fikrlar aytiladi. Zamonaviy tarixchilar uning soni 40 mingdan 120 mingacha bo‘lganini qayd etadi.

    Kiyevga yurish

    Mo‘g‘ullarning g‘arbga yurishidagi eng birinchi yirik shahar Kiyev, eng birinchi to‘siq esa Dnepr edi. Turli manbalarda mo‘g‘ullarning Dneprdan qanday o‘tgani haqida turlicha ma’lumotlar keltiriladi. Ba’zilar ularni daryo muzlagan paytda kesib o‘tgan desa, boshqalari yozda suv sathi pasaygan paytda kesib o‘tgan deydi. Lekin mo‘g‘ullar Dnepr bo‘ylariga 1240-yilning yozida keldi va uzoq vaqt shu yerda turib qoldi. Maqsad Kiyev shahrini fath etish edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kiyev o‘z davrining eng yirik shaharlaridan biri edi. Uning aholisi 40—50 ming kishini tashkil qilgani manbalarda yozib qoldirilgan. Shahar balandligi 12 metr bo‘lgan qalin devor bilan o‘ralgan. Ammo devorlar X—XI asrlarda qurilgani bois ular toshotar qamal qurollariga bardoshli qilib qurilmagan edi. Bu esa oqibatda Kiyevning qulashiga sabab bo‘ldi. Shahar ikki qism — yuqori va quyi qismdan iborat edi. Shaharni himoya qilish uchun to‘rt-besh ming kishi safarbar qilindi. Mo‘g‘ullar yaqinlashib kelayotgan paytda kiyevliklar Podol (quyi qism)ni tark etib, yaxshi himoyalangan yuqori shaharga kirib oldi.

    Kiyev qamali

    Tarixchilar mo‘g‘ullarning qal’alarni zabt etish taktikasini quyidagicha ta’riflaydi: “Ular qal’aga darhol hujum qilmaydi. Dastlab uni o‘rab olib, qamal qiladi. Turli qamal qurollaridan foydalanib, tinmasdan hujum qilib turadi. Hujumlar tun-u kun davom etadi. Qal’aga kirishning ham, undan chiqishning ham imkoni bo‘lmaydi. Askarlar ham tez-tez o‘rin almashib turgani uchun charchab qolmaydi”.

    Shu tariqa Botu askarlari ham shaharni o‘rab oldi va uning atroflarini tashqi yordam kelishiga imkon qoldirmaydigan qilib tozalab chiqdi. Uch oy davomida shahar qamal qilib turildi. Botuxonning bosh qarorgohi Libid daryosining narigi qirg‘og‘ida joylashgan edi. Shu yerdan, ya’ni shaharning janubiy tarafidan “Yaroslav shahri” (Kiyev Yaroslav Mudriy sharafiga shunday nomlangan) devorlari va minoralari yaxshi ko‘rinib turar edi.

    Botu o‘z qo‘shinlari va tosh otish mashinalarining asosiy qismini shaharning eng himoyasiz qismida — Lyadskiy darvozasi qarshisida, botqoqli pasttekislikda to‘plagan edi. Botuxon botqoqlik muzlash paytini kutdi va shundan keyingina mazkur darvoza orqali hujum boshladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ularning katapultalari yuz yillik eman va qarag‘ay daraxti yog‘ochidan qilingan edi. Shu tariqa shahar tosh otuvchi katapultalar yordamida o‘qqa tutildi. Natijada, Lyadskiy darvozasi quladi. Kiyevliklar himoyalanishda davom etdi. Qo‘mondon Dmitriy jang paytida yaralandi va mo‘g‘ullar shaharning qolgan devor va darvozalarini ham egalladi. Qo‘shin shaharga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Rus og‘ir kavaleriyasi qochayotgan odamlar to‘la tor ko‘chalarda harakatlana olmadi. Shahar to‘lig‘icha mo‘g‘ullar tomonidan egallandi. Ertasi kuni ham janglar davom etdi. Himoyachilar Desyatina cherkoviga kirib himoyalandi hamda uning atrofida yog‘och to‘siqlar o‘rnatdi. Tirik qolganlar cherkov ichiga kirib oldi. Gumbazda ham odamlar ko‘pligidan gumbaz qulab tushdi.

    Shu tariqa Kiyev shahri Botu tomonidan fath etildi. Shahar egallanganidan keyin u yerda bir necha ming kishilik garnizon joylashtirildi. Endi mo‘g‘ullar uchun Yevropa eshiklari ochiq edi. Kiyevdan keyin Volin, Galitsiya egallandi. Kiyevning egallanishi bilan rus yerlarining mo‘g‘ullar tomonidan fath etilishi amalda yakunlandi hamda ruslar keyingi ikki yarim asr mo‘g‘ullar hukmi ostida yashadi.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    07.12.2020, 15:48   Izoh (0)   20320
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qadimiy Rim nafasi kelib turadigan bir necha asrlik Turkiya shaharlari — suratlarda

    07.12.2020, 14:42

    Dunyo bo‘yicha 67 million kishi koronavirusga chalindi. Sakkiz kunda ular 5 millionga ko‘paydi

    07.12.2020, 14:31

    OAV: Hindistonda 300 dan ortiq kishi noma’lum kasallik bilan shifoxonaga yotqizildi. Bir kishi vafot etgan

    07.12.2020, 12:48

    Tramp demokratlarni kommunizmga olib borishni istayotganlikda aybladi

    07.12.2020, 08:55

    Olimlar bahorga borib AQShda COVID-19 qurbonlari soni ikki baravar oshishi mumkinligini taxmin qildi

    07.12.2020, 08:29

    Uchuvchilar dunyodagi ulkan aysberg va uning shiddat bilan parchalanayotganini suratga oldi

    07.12.2020, 07:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Istanbul Rossiya va Ukraina tinchlik muzokaralarining uchinchi raundini o‘tkazishga tayyor” — Turkiya

    Dunyo | 28 iyun, 21:05

    Superliga. “Navbahor” Namanganda “Mashʼal”ga javobsiz oltita gol urdi

    Sport | 28 iyun, 21:04

    Toshkentda Chorbog‘ga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 20:40

    Rossiya Shvetsiya bilan yadroviy qurilmalar kelishuvini bekor qildi

    Dunyo | 28 iyun, 20:20

    Bir guruh yigitlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 20:00

    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 28 iyun, 19:30

    “Rossiya Ukrainaning strategik shahri yaqinida 110 ming askar to‘pladi” — Kiyev

    Dunyo | 28 iyun, 19:55

    Bobir Abdiholiqov “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi

    Sport | 28 iyun, 19:46

    Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yigit-qizlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 19:40

    Neymar Braziliya terma jamoasiga qaytadimi? Anchelotti javob berdi

    Sport | 28 iyun, 19:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.