• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dubayni Dubay qilgan birlashuv. 2-dekabr – Birlashgan Arab Amirliklari tashkil topgan kun

    Birlashgan Arab Amirliklarining davlat sifatidagi tarixi qisqa davrni o‘z ichiga oladi. Oltita amirlik birlashishidan tashkil topgan ushbu davlatning boshlanishi 1971-yilning 2-dekabr sanasiga to‘g‘ri keldi. Aynan shu kunda Abu-Dabi, Dubay, Sharja, Ajman, Umm al-Kuvayn va Fujayra amirliklari birlashdi.

    Birlashgan Arab Amirliklarining davlat deb e’lon qilinishidan so‘ng hammasi hal bo‘lib qolmadi. 1972-yilda BAA tarkibi yana bitta amirlik bilan to‘ldirildi. Rasul–Xayma amirligi Eron bilan bo‘lgan muvaffaqiyatsiz to‘qnashuvdan keyin BAAga yettinchi amirlik bo‘lib qo‘shildi. Ammo amirlik BAAdan chiqib ketishni xohladi va 70-yillar davomida buning uchun qattiq harakat qildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    BAA hududining uzoq va yaqin tarixi

    XV asr oxirida ushbu mamlakat hududida Yevropaning ta’siri oshdi. G‘arb davlatlaridan birinchi bo‘lib Portugaliya Bahrayn, Julfar va Ormuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat o‘rnatib, yarimorolda o‘z o‘rnini egalladi.

    XVIII asrga kelib, asosan savdo bilan shug‘ullanuvchi qirg‘oqdagi arab amirliklari aholisi kemalari Fors ko‘rfazi portlari o‘rtasida yuk tashishni monopollashtirgan va aholining asosiy tirikchilik manbayidan mahrum qilgan Buyuk Britaniya bilan kurashga jalb qilindi. Bu esa “Shimoliy Hindiston kompaniyasi” va inglizlar qaroqchi deb atagan mahalliy arab aholisi o‘rtasida ziddiyat kelib chiqishiga olib keldi.

    “Shimoliy Hindiston kompaniyasi” Fors ko‘rfazida ko‘p harbiy ekspeditsiya olib borar edi. 1820-yilda ular arablarning yettita amirliklari amirlari va shayxlarini “Umumiy shartnoma”ni imzolashga majbur qildi. Shartnoma ushbu hududda Angliya hukmronligini boshlanishi va Ummonning uchga bo‘linishini anglatar edi. Ushbu hudud “Muzokaralari Ummon” deb nomlandi.

    Amirliklar hududida inglizlarning harbiy bazalari qurildi. Hokimiyat inglizlarning siyosiy agenti tomonidan amalga oshirilar edi. XX asrning 20-yillarida mustaqillik uchun kurashlar avj oldi. Shu bilan birga, BAA va butun Yarim Sharq tarixida burilish yuz berdi – Fors ko‘rfazida eng ko‘p zaxiraga ega bo‘lgan neft konlari topildi.

    Nazoratning kuchayishi va iqtisodiyot

    1922-yilda inglizlar arab shayxlarining neft qidirish va qazib olish bilan bog‘liq ishlarini nazoratga oldi. Ummon shartnomasida neft savdosi bilan shug‘ullanish taqiqlangan bo‘lsa-da, shayxlar taqiqlanmagan marvarid savdosi bilan daromad ko‘rishni boshladi. 50-yillarda neft qazib olinishi va mintaqada xorijiy sarmoyalar kirib kela boshlashi hamda o‘zlari neft savdosidan olingan daromad bilan mahalliy aholining turmush darajasi sezilarli darajada oshdi. XX asrning 20-yillari oxirida yapon sun’iy marvaridlari paydo bo‘lishi bilan Ummonda iqtisodiy inqiroz boshlandi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Neftning topilishi mintaqadagi iqtisodiy vaziyatni butunlay o‘zgartirdi. 1937–1939-yillarda Angliya Dubay, Sharja, Ras al-Xayma, Abu-Dabi, Ajman va Kalbadagi neft konlarini o‘zlashtira boshladi. Buyuk Britaniya Ummon shartnomasi, Iroq, Transiordaniya va Falastin hududlarini birlashtirishga urinib ko‘rdi, bu esa BAAning qarshilik ko‘rsatishiga sabab bo‘ldi. London birlashish g‘oyasidan voz kechdi.

    “Muzokaralari Ummon” Ikkinchi jahon urushi paytida betaraf bo‘ldi. Urushdan so‘ng shayxlarning maqomi amirliklarga ko‘tarildi, pul va bojxona tizimlarini birlashtirish masalalari muhokama qilindi, bo‘lajak federatsiyaning asoslari qo‘yildi.

    Bu vaqt davomida hududning turli nuqtalaridan yangi neft konlari topildi. 1965-yilda Buyuk Britaniyaning tashabbusi bilan Londonda yetti amirlikning yig‘ilishi bo‘lib, unda mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga oid 15 ta yirik loyiha ko‘rib chiqildi. 1968-yilda Buyuk Britaniya mintaqani tark etishini va hokimiyat mahalliy shayxlar qo‘lida qolishini e’lon qildi. Fors ko‘rfazi davlatlari Arab amirliklari federatsiyasini tuzish to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu federatsiyasiga Bahrayn va Qatar ham kirishi kerak bo‘lgan, ammo ular keyinchalik alohida davlat bo‘lib ketdi.

    Mustaqillik

    1971-yilning 1-dekabrida Buyuk Britaniya Fors ko‘rfazidan rasman ketganini e’lon qildi. 2-dekabrda Muzokarali Ummonning yetti davlatidan oltita amiri Birlashgan Arab Amirliklari davlati tashkil qilinganini e’lon qildi. Yettinchi amirlik – Ras-el-Xayma unga 1972-yilning 10-fevralida qo‘shildi. BAAga prezident etib Dubay amiri Zaid ibn Sulton al-Nahayyon saylandi va mamlakatning birinchi konstitutsiya qabul qilindi. BAA poytaxti Abu-Dabi qilib belgilandi.

    Mustaqillikning ilk kunlar Saudiya Arabistonining qattiq energetika siyosati tufayli neft va neft mahsulotlari narxlarining keskin ko‘tarilish paytiga to‘g‘ri keldi. Bu esa yangi davlatning iqtisodiyot va tashqi siyosatga erkin mustaqil qadam qo‘yishini osonlashtirdi.

    Neftdan olinadigan daromadlar va sanoat qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga, ko‘plab erkin iqtisodiy zonalarni shakllantirishga mohirona sarmoyalar kiritish natijasida BAA eng qisqa vaqt ichida nisbiy iqtisodiy farovonlikka erishdi. Turizm va moliya sohasida sezilarli darajada rivojlanish kuzatildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ammo hammasi shunday silliq kechmadi. Saudiya Arabistoni Al-Burami neft vohasi va bir qator orollar bo‘yicha hududiy nizolar tufayli yangi BAA davlatini uzoq vaqt tan olmadi. Faqatgina 1974-yilda BAA poytaxtidagi muzokaralardan so‘ng Saudiya Arabistoni Birlashgan Arab Amirliklari va Ummonning Al-Burami vohasiga bo‘lgan huquqlarini tan oldi, unga Sabha Bita hududi, bir qator orollar va Fors ko‘rfazi sohiliga yo‘l, neft quvuri qurish huquqi berildi.

    Bundan tashqari, amirlarning siyosiy qarashlaridagi raqobat yo‘qolmadi. Abu-Dabi shayxi va prezident Zayd ibn Sulton al-Nahayyon davlatning federalizmini kuchaytirishga intilsa, Dubay shayxi va vitse-prezident Rashid bin Said al-Maqtum har bir amirlik mustaqil bo‘lishi kerak deb hisoblardi.

    BAAning mustaqillikdan keyingi tarixida birinchi urush Eron-Iroq jangi bo‘ldi (1980–1988-yillar). Ba’zi amirliklarning hukmdorlari Iroqni, boshqalari Eronni qo‘llab-quvvatladi. 1978-yilda Sharjada hokimiyat uchun kurash boshlanganda amirliklar o‘rtasidagi ziddiyatlar avjiga chiqdi: Abdul Aziz al-Qosimiy hokimiyatni ukasi hukmron shayx Sulton ibn Muhammad al-Qosimiydan olishga harakat qildi. Abdul Azizga Shayx Zayd yordam berdi. Ziddiyatli vaziyat hukmdorlar oliy kengashi yig‘ilishidan keyingina hal qilindi, unga ko‘ra, shayx Sultonning hokimiyati tiklandi.

    BAAning yaqin tarixiga nazar soladigan bo‘lsa, u 2003-yildagi Iroq urushida o‘z hududiga AQSh qo‘shinlarini joylashtirishga ruxsat bergan va BAA hukumati iroqlik jabr ko‘rgan aholiga gumanitar yordam ko‘rsatdi.

    2004-yil 2-noyabrda Birlashgan Arab Amirliklarining birinchi prezidenti shayx Zayd bin Sulton al-Nahayyon vafot etdi. Uning o‘rnini shu kungacha BAAning hukmdori bo‘lib turgan shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahyan egalladi. U birinchi prezidentning to‘ng‘ich o‘g‘li edi.

    Mirjalol Qosimov tayyorladi.

    03.12.2020, 23:58   Izoh (0)   25057
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xelga Shmid Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining yangi bosh kotibi bo‘ladi

    03.12.2020, 22:25

    Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abe hokimiyatdaligi vaqtida uyushtirilgan bazmlar ishi bo‘yicha so‘roq qilinadi

    03.12.2020, 21:11

    Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘dagi urushda ko‘rgan yo‘qotishlari haqida ma’lumot berdi

    03.12.2020, 20:44

    Moskvada 5-dekabrdan koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlanadi. Dastlab shifokorlar va o‘qituvchilar emlanadi

    03.12.2020, 20:09

    “Bu yil kelmanglar”. Sankt-Peterburg hukumati turistlardan Yangi yilni boshqa shaharda kutib olishni so‘radi

    03.12.2020, 19:57

    COVID-19 bemorlarining ayrimlarida kasallik noodatiy kechayotgani ma’lum qilindi

    03.12.2020, 19:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49

    AQSH va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

    Dunyo | 2 avgust, 11:35

    “Real” Mbappening o‘rinbosari kim bo‘lishi borasida bir qarorga kelmagan

    Sport | 2 avgust, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.