Pro-Liga 20-turi doirasidan kechgan “Neftchi” — “Turon” uchrashuvidan (0:1) keyin katta janjal yuzaga keldi.
Uchrashuv tugaganidan keyin “Neftchi” futbolchilari va muxlislar hakamlarga tashlandi. Vaziyatlarning birida farg‘onaliklar o‘yinchisi uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayevga oyoq bilan zarba bergandi.
“Championat.asia”ning xabar qilishicha, bu ishni “Neftchi”ning 98-raqamli o‘yinchisi Jamshid To‘raqulov amalga oshirgan. 1998-yilda tug‘ilgan futbolchi uchrashuvning 66-daqiqasidan zaxiradan maydonga tushgandi.
Avvalroq bu vaziyatga Farg‘ona viloyati IIB rasmiy munosbat bildirgan va aybdorlar jazolanishini ma’lum qilgandi. PFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev esa bu ish O‘FA etika qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilishini aytgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)