Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi Pro-Liga 20-turi doirasida kechgan “Neftchi” — “Turon” uchrashuvidan (0:1) keyingi holatlar bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Foto: O‘zA

“ “Neftchi” — “Turon” uchrashuvidan keyin sodir bo‘lgan holatlar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan nazoratga olingan. Hozirda barcha huquqbuzarlar ushlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Voqeaga aloqador har bir ishtirokchining harakatiga qonuniy baho beriladi”, — deyiladi Farg‘ona viloyati IIB bayonotida.

Foto: O‘zA

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuvdan keyin “Neftchi” futbolchilari uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayev va uning yordamchilariga o‘z noroziligini keskin tarzda bildirdi. Vaziyatlarning birida mezbonlar futbolchisi hakamga oyoq bilan kuchli zarba berdi, shuningdek, vaziyatga muxlislar ham aralashgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!