Futbol bo‘yicha Pro-Liganing so‘nggi — 20-turidan o‘rin olgan “Neftchi” va “Turon” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 1-dekabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Turon” FK

Uchrashuv keskin va murosasiz ruhda boshlandi. Birinchi bo‘limda har ikki jamoa vakillarida bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi. 16-daqiqada yaypanliklar oldinga o‘tib olishi mumkin edi, biroq Javohir Sohibov penaltini aniq amalga oshira olmadi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalari mezbonlarning ustunligida o‘tdi. Vaqt o‘tib “Turon” vakillari vaziyatni o‘nglashga muvaffaq bo‘ldi. 81-daqiqada mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi: zaxiradan maydonga qo‘shilgan Asilbek Qayumov yon chiziqdan uzatib berilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Qolgan vaqtda farg‘onaliklar hisobni o‘zgartira olmadi va Superligaga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.

Gol videosini bu yerda ko‘rish mumkin — video

“Turon” ochkolarini 38 taga yetkazib olgan holda, musobaqani 1-o‘rinda yakunladi. “Neftchi” esa 37 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi.

Shu tariqa “Turon” Pro-Liganing 2020-yilgi mavsumi chempioniga aylandi va Superligaga yo‘llanma oldi. “Neftchi” esa Superliganing 13-o‘rindagi jamoasi bilan o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.

Pro-Liga

20-tur bahsi

“Neftchi” — “Turon” 0:1

Gol: 0:1 – 81 Qayumov.

“Neftchi”: 35. Sherzod Abduraimov, 4. Mirjalol Ne’matov, 9. Otabek Zokirov, 10. Islom Toshpo‘latov,  13. Jamshid Qobulov , 17. Doston Toshmatov, 18. Javohir Rasulov,  20. Dilyorbek Ermatov(S), 27. Doston Avazbekov, 34. Rustam Abduxamidov, 38. Umar Adhamzoda.

Zaxira: 21. Farrux Turdaliyev, 3. Timur Sultonov, 5. Eldor Ergashev 6. Muhammadaziz Obidjonov, 7. Mansur Saidov, 9. Otabek Zokirov, 31. Pavel Smolyachenko, 77. Sanjarbek Zokirov, 93.  Anvar Hojimirzayev.

“Turon”: 87. Akmal Ortiqov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 4. Sunnatillo Ermatov, 5. Oybek Ahmatov, 10. Javohir Sohibov (S), 14. Doniyor Ismoilov, 17. Doston Meliqo‘ziyev, 18. Asliddin Toshtemirov, 22. G‘olibbek Sariboyev, 25. Ismoil Oxunjonov ,77. Bilol Toshmirzayev.

Zaxira: 1. Mirzohid Jalilov, 59. Amal Shavketov, 7. Umidjon Qodirov, 8. Bahodir Akramov, 11. Asilbek Qayumov, 15. Shoxruhbek Xolmatov, 23. Xurshidbek Asqaradiyev, 71. Mirjalol Mirzayev.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!