Pro-Liga so‘nggi turida “Neftchi” jamoasi “Turon”ga mag‘lub bo‘ldi (0:1) va Superligaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma beruvchi 1-o‘rinni qo‘ldan chiqardi.
Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Asilbek Qayumov tomonidan kiritilgan to‘p yaypanliklarga g‘alaba olib keldi.
Uchrashuvdan keyin “Neftchi” yosh muxlisining reaksiyasi e’tiborli vaziyatlardan biri bo‘ldi. Bollboyning achchiq ko‘z yosh to‘kib yig‘layotgani uchrashuv translyatsiya xodimlari e’tiborini tortdi.
Ta’kidlash joiz, “Neftchi” hali Superligaga chiqish imkoniyatini yo‘qotmadi. Jamoa Superligada 13-o‘rinni qo‘lga kiritgan klub bilan o‘tish o‘yinida qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvdan keyin mezbonlar futbolchilari, muxlislar va hakamlar ishtirokida katta janjal yuzaga keldi. Vaziyatlarning birida “Neftchi” futbolchisi hakamga oyoq bilan zarba berdi.
Mavzuga doir: Video: “Neftchi” — “Turon” uchrashuvidan keyin katta janjal yuzaga keldi. “Neftchi” futbolchisi hakamga oyoq bilan zarba berdi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)