• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Mayya Sandu Moldovadagi Rossiya tinchlikparvarlarini YeXHTning noharbiy missiyasiga almashtirishni taklif qildi

    Moldovadan Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketish haqidagi gap tinchlikparvarlarga, shuningdek, Pridnestrovyeda o‘q-dorilar omborlarini qo‘riqlayotganlarga tegishli. Bu haqda Moldovaning saylangan prezidenti Mayya Sandu “RBK” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    “Rossiya tomonining aytishicha, Rossiya qo‘shinlarining tezkor guruhi (RQTG) bu yerda o‘q-dorilar omborlarini qo‘riqlamoqda. Lekin RQTG bo‘yicha va qurol-yarog‘lar omborlari bo‘yicha hech qanday ikki tomonlama kelishuvlar yo‘q, — dedi Sandu. — U yerda qurol-yarog‘lar omborlarining bo‘lishi biz uchun katta muammo. Bu xavfli. Bu qurol-yarog‘larni chiqarib ketish kerak. RQTGni ham chiqarib ketish kerak. Moldova tomoni har doim, har qanday hukumat va har qanday prezident davrida buni aytib kelgan. Hatto janob Shoygu ham o‘tgan yili bu fikrga qo‘shilishini — bu o‘q-dorilarni chiqarib ketish yoki utilizatsiya qilish kerakligini aytgan edi. Ya’ni Moskvadagilar ham buning muammo ekanligiga qo‘shiladi”.

    Saylangan prezidentning qo‘shimcha qilishicha, gap sobiq ittifoq parchalanganidan keyin qolib ketgan o‘q-dori omborlari haqida bormoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kolbasna qishlog‘ida 20 ming tonnadan ziyod o‘q-dori saqlanadi. Ularni 13 962-sonli qismning mingga yaqin vakillari qo‘riqlaydi.

    Sandu Rossiya tinchlikparvarlariga kelganda, Moldova ular o‘rnida YeXHT vakillarini ko‘rishni xohlashini bildirdi. “Tinchlikparvarlar bo‘yicha 1992-yilgi kelishuv bor. Bizning fikrimizcha, hozir hududimizda harbiy harakatlarning qayta boshlanishi xavfi yo‘q. O‘ylaymizki, bu missiyani noharbiy kuzatuvchilar missiyasiga aylantirish kerak, u YeXHT huzurida bo‘lishi kerak. Bu pozitsiyani Moldova tomoni ko‘p yillardan beri ilgari surib kelmoqda”, — dedi Moldovaning saylangan prezidenti.

    Sanduning fikricha, Pridnestrovyeda Qorabog‘ voqeasi takrorlanishi xavfi yo‘q. “Nizoni hal qilish faqat tinch yo‘l bilan amalga oshirilishi kerak. Ya’ni biz faqat tinch diplomatik usullarni topishimiz kerak. U yerda harbiy harakatlar qayta boshlanishi bo‘yicha hech qanday xavf va bundan darak beruvchi  hech qanday belgi yo‘q. Va shu narsa bu nizoni postsovet makonidagi boshqa nizolardan ajratib turadi. Bizning holatimizda etnik yoki diniy ziddiyatlar yo‘q. Rus tilida so‘zlashuvchilar haqida gapiradigan bo‘lsak, Kishinyovning rus tilli aholisi butun Pridnestrovyedagidan ham ko‘proqdir”, — deya ta’kidladi Sandu.

    Moldovaning saylangan prezidenti qo‘shimcha qilishicha, “nizoni hal qilishda Moldovaning suvereniteti va hududiy daxlsizligiga hurmat saqlanishi kerak”. Aynan shu prinsipga, Sanduning fikricha, Rossiya tomoni ham rioya qiladi.

    “Odamlar orasida hech qanday muammo yo‘q. Odamlar bir-birining uyiga boradi. Albatta, koronavirus sababli qiyinchiliklar bor, lekin bu odamlar darajasidagi nizo emas. Bu yana elitalar darajasidagi ziddiyatdir”, — dedi Sandu.

    Keyinroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Mayya Sandu Pridnestrovyedagi Rossiya tinchlikparvarlarini YeXHTning noharbiy kuzatuv missiyasiga almashtirish g‘oyasini Moskva bilan oldin muhokama qilmaganini aytdi. “Ushbu mavzu bo‘yicha dastlabki muhokamalar bo‘lmadi”, — dedi Peskov.

    Prezident vakilining ta’kidlashicha, Moskva bu borada Moldova yangi rahbariyatining muvozanatlashgan siyosatiga umid qiladi.

    “Rossiya juda muhim funksiyalarni bajarmoqda va shubhasiz, xalqaro huquqqa tayanadigan qandaydir status-kvoning o‘zgartirilishi, albatta, jiddiy beqarorlikka olib kelishi mumkin. Shuning uchun biz bularning barchasi muhokama qilinishiga va bu borada hech qanday keskin xatti-harakatlar qilinmasligiga umid bildiramiz”, — deya aniqlik kiritdi u.

    Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Moldovaning amaldagi prezidenti Igor Dodon bilan muloqotni davom ettirmoqda. “Albatta, bizning ikki tomonlama aloqalarimiz borasida yanada muvozanatlashgan yondashuvga ehtiyoj katta ekanligini hisobga olyapmiz. Dodon bilan muloqot hozir ham davom etmoqda, ammo u bu borada ancha konstruktivroq edi. Biz bu konstruktivlik davom etishiga va bu borada muayyan izchillik bo‘lishiga ham umid qilamiz”, — deya xulosa qildi u.

    Moldovaning saylangan prezidenti Mayya Sandu Pridnestrovyedagi vaziyatni tartibga solish uchun hududdan rossiyalik tinchlikparvarlarni chiqarish zarurligi haqida 20-noyabr kuni aytib o‘tgan edi. “Moldovaning federallashuviga qarshiman, Dodon va uning partiyasi taklif qilgan variantlarga rozi emasman. Sababi garchi ular federallashuv haqida aniq taklif bildirmagan bo‘lsa ham bu haqda gapirgan. Nizoni hal etishning eng to‘g‘ri formatini topishimizga ishonaman. Unda rossiyalik tinchlikparvarlarning hududdan to‘liq chiqarilishi ham ko‘zda tutilishi zarur. Biz bu haqda har doim gapirganmiz va bundan keyin ham gapiraveramiz”, — degan Sandu “Yevropeyskaya pravda” nashriga bergan intervyusida. Shuningdek, Sandu hududdagi vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan aniq format hanuzgacha ishlab chiqilmaganligini ham alohida ta’kidlagan.

    Pridnestrovyedagi ijtimoiy-siyosiy nizo 1989-yildayoq boshlanib, Moldova sobiq ittifoq tarkibidan chiqqanidan keyin kuchaydi. Mahalliy aholi (ularning katta qismini ruslar va ukrainlar tashkil qilgan) mustaqillikni va Moldovadan ajralib chiqishni talab qilgan. 1992-yilda nizo Moldova va Pridnestrovye qurolli kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Janglar bir necha oy davom etib, 1992-yil yozida, Moldova va Rossiya prezidentlari nizoni tinch yo‘l bilan tartibga solish haqida kelishuv imzolaganidan keyin to‘xtatildi. O‘sha yilning avgustida mintaqaga Rossiya tinchlikparvarlari kiritildi.

    2018-yil yozida BMT Bosh assambleyasi Pridnestrovyedan Rossiya tinchlikparvarlarini olib chiqish haqida rezolyutsiya qabul qildi. Rossiya TIV bu qarorni gij-gijlovchi deb atadi. Tan olinmagan Pridnestrovye Moldova Respublikasi, o‘z navbatida, respublikadan Rossiya harbiylarini chiqarishdan bosh tortdi.

    Mayya Sandu 15-noyabrda prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida 57,72 foiz ovoz olgan, amaldagi prezident Igor Dodon esa 42,28 foiz ovoz to‘plagan. Saylovoldi kampaniya vaqtida Sandu Yevropa Ittifoqi siyosatini joriy etishni taklif qilgandi.

    Moldovada prezidentlik saylovlarining birinchi turi 2020-yil 1-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Unda Dodon 32,74 foiz natija bilan Sandudan ortda qolgan edi (unda 35,96 foiz ovoz).

    Moldovada prezidentlik saylovlarini o‘tkazish 2019-yilning iyunida respublikaning Konstitutsiyaviy sudi Dodonni deputatlar so‘rovi bo‘yicha lavozimidan chetlashtirgach belgilangan edi. Bu 2016-yili Dodon prezident etib saylanganidan buyon oltinchi marotaba chetlashtirish hisoblanadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 16-noyabrda Mayya Sanduni Moldova prezidenti saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabriklagan.

    01.12.2020, 12:48   Izoh (0)   9862
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moderna koronavirusga qarshi vaksinani qo‘llash uchun shoshilinch tartibda ariza berdi

    01.12.2020, 11:35

    Bali oroli 2021-yil boshidan turistlar tashrifi uchun ochilishi mumkin

    01.12.2020, 08:58

    Rossiya OTMlari pandemiya tufayli xorijlik talabalarni o‘qishdan chetlashtirmaydi

    01.12.2020, 08:27

    Turkiyada koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha cheklov choralari kuchaytirildi

    01.12.2020, 07:42

    JSST uch oy ichida birinchi marta koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha haftalik ko‘rsatkich kamayganini qayd etdi

    01.12.2020, 07:26

    Amerikaning Merriam-Webster lug‘ati “pandemiya”ni 2020-yil so‘zi deb topdi

    01.12.2020, 06:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.