Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Moldovada o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida 97,29 foiz byulletenlar hisobi bo‘yicha 54,04 foiz ovoz bilan mamlakat sobiq bosh vaziri va “Harakat va birdamlik” muxolifat partiyasi yetakchisi Mayya Sandu g‘oliblikni qo‘lga kiritmoqda. Bu haqda Moldova Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

Foto: “Kommersant”

Foto: “Kommersant”

Moldovaning amaldagi prezidenti Igor Dodon taxminan 45,97 foiz ovoz to‘plagan.

Moldovada prezidentlik saylovlarining birinchi turi 2020-yil 1-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Unda Dodon 32,74 foiz natija bilan Sandudan ortda qolgan edi (unda 35,96 foiz ovoz).

Moldovada prezidentlik saylovlarini o‘tkazish 2019-yilning iyunida respublikaning Konstitutsiyaviy sudi Dodonni deputatlar so‘rovi bo‘yicha lavozimidan chetlashtirgach belgilangan edi. Bu 2016-yili Dodon prezident etib saylanganidan buyon oltinchi marotaba chetlashtirish hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi