UEFA matbuot xizmati Yevropa Ligasi 4-tur yakunlari bo‘yicha hafta ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Undan “Tottenhem” va “Bayer”ning ikki nafardan o‘yinchisi o‘rin oldi. Qolgan yetti futbolchi esa turli klublar vakillaridan iborat bo‘ldi.
Yevropa Ligasi 4-tur ramziy (fentezi) terma jamoasi:
Darvozabon: Dominik Livakovich (“Dinamo Zagreb”);
Himoyachilar: Vendell Borjes (“Bayer”), Abdulaye Sek (LASK), Nemanya Milunovich (“Srvena Zvezda”), Favzi G‘ulom (“Napoli”);
Yarim himoyachilar: Kerem Demirbay (“Bayer”), Harri Uinks (“Tottenhem”), Nikolya Pepe (“Arsenal”), Kobi Gapko (PSV);
Hujumchilar: Erjan Kara (“Rapid”), Karlos Vinisius (“Tottenhem”).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)