Rossiya tarkibiga kiruvchi Boshqirdistonning Sterlitamak tumanida yashovchi ayol YTHga uchraganidan keyin boshqa mashina urib ketishidan halok bo‘ldi. Bu haqda “Ufa1.ru” portaliga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol mashinasi boshqa avtomobil bilan to‘qnashgan, shundan so‘ng u holatni ko‘zdan kechirish uchun mashinadan tushib, yo‘lda turgan. Shu vaqtda uni katta tezlikda kelayotgan boshqa yengil mashina urib ketgan. Ayol olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan.
Politsiya sodir bo‘lgan hodisa tavsilotlariga aniqlik kiritmoqda.
Izoh (0)