• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda gazning kunlik iste’moli 46 milliondan 70 million kubometrga yetgani ma’lum qilindi

    Havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan eng muhim masalalardan biri aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash hisoblanadi. So‘nggi kunlarda gazning kunlik iste’moli 46 dan 70 million kub metrga oshishi, tarmoqlar, gaz taqsimlash uskunalari hamda “Hududgazta’minot” tarkibiy bo‘linmalarining dispetcherlik xizmatlari ishidagi yukni sezilarli darajada oshirdi, deya xabar bergan “Hududgazta’minot” axborot xizmati.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Korxona xabariga ko‘ra, ushbu faoliyatni muvofiqlashtirish uchun kecha-yu kunduz ishlovchi shtab tashkil qilingan, 236 ta tezkor avariya-ta’mirlash guruhlari shay holatga keltirilib, joylarda yuzaga keluvchi avariya yoki texnik nosozliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan transport vositalari, mutaxassislar, asbob-uskunalar, maxsus ishchi kiyimlar va tegishli butlovchi qismlar bilan ta’minlangan.

    Shuningdek, Energetika vazirligi, “O‘ztransgaz” va “O‘zbekneftgaz” markaziy dispetcherlik boshqarmalari bilan aloqa o‘rnatilib, o‘z vaqtida iste’molchilarni yonilg‘i bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

    “Hududgazta’minot” axborot xizmatining qayd etishicha kuz—qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari 2020-yilning mart oyidan boshlanib, oktabr oyiga qadar to‘liq yakunlangan. Ushbu davr mobaynida 6949 kilometr uzunlikdagi gaz quvurlarining ichki yuzasini tozalash va sizib chiqish yo‘qligini tekshirish bo‘yicha ishlar olib borilgan, 123,5 kilometr gaz taqsimlash tarmoqlari va 623 ta gazni taqsimlash punktlari (GRP) ta’mirlanib, 80 359 tasi to‘liq taftishdan o‘tkazilgan.

    Suyultirilgan gaz bilan ta’minlash infratuzilmasini takomillashtirish va jihozlash, xizmat ko‘rsatishda olis hududlar qamrovini kengaytirish, transport xarajatlari va yetkazib berishga sarflanuvchi vaqtni kamaytirish, sohada xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida, Farg‘ona viloyatining “So‘x”, Navoiy viloyatining “Uchquduq” va Samarqand viloyatining “Qo‘shrabot” gaz quyish shoxobchalari va punktlarining ishga tushirilishi natijasida ularning soni 46 tadan 50 taga yetkazilgan.

    Suyultirilgan gazni ishlab chiqaruvchi zavodlardan tashib keltirish uchun 23 ta temiryo‘l vagonlari sotib olingan. Qo‘shimcha 36 ming dona maishiy gaz ballonlari foydalanish uchun tarqatilgan. Natijada 2020-yilning o‘tgan davri mobaynida mamlakat aholisini 451,9 ming tonnadan ortiq miqdorda suyultirilgan gaz bilan ta’minlashga imkoni yaratilgan. Korxona axborot xizmatiga ko‘ra ushbu ko‘rsatkich 2019-yilning mos davriga nisbatan 40 ming tonnaga ko‘p.

    Ayozli kunlarda iste’molchilarning ehtiyojini qondirish uchun suyultirilgan gazning kunlik yetkazib berish miqdori 1400 tonnadan 1920 tonnaga oshirilgan (26 ming maishiy gaz ballonlari qo‘shimcha ravishda to‘ldirildi), deyiladi kompaniya axborotida.

    “Hududgazta’minot” axborot xizmati ma’lumoti bo‘yicha, respublikaning ayrim mahalla va hududlarida gaz bosimi bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilmoqda va bu tabiiy gaz iste’molchilarining umumiy soniga nisbatan 4 foizdan ko‘p emas.

    Kompaniya markaziy dispetcherlik boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, gaz taqsimlash tarmoqlari obyektlari va asosiy uskunalari holati, suyultirilgan gazni tashish va yetkazib berish, shuningdek, 3,7 milliondan ziyod tabiiy va 3,6 millionga yaqin suyultirilgan gaz iste’molchilarining kundalik iste’moli hajmini tizimli kuzatish hamda nazorat qilish yo‘lga qo‘yilgan.

    Shuningdek, kompaniya rasmiy xabarida 2020-yilning 20-noyabr soat 20:00 ga qadar bosim bilan muammolarga duch kelayotgan mahalla va tumanlarning ro‘yxati keltirilgan. Undagi ma’lumotlarda Farg‘ona, Namangan, Andijon, Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlarida aholida gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan.

    Energetika vazirligi va “O‘ztransgaz” dispetcherlik boshqarmalari bilan birgalikda gaz quvurlarida bosimni oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rmoqda, deyiladi xabarda.

    “Hududgazta’minot” xabarida mavjud resurslardan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida, har bir hududda tegishli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda, yakka tartibdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan gaz o‘g‘irliklarini aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazilayotganini qayd etilgan.

    “O‘tgan oy davomida turli xildagi mahsulot ishlab chiqaruvchi vijdonsiz tadbirkorlar tomonidan gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish bo‘yicha 185 ta holat aniqlanib, bu esa o‘z navbatida ayrim mahalla, ko‘cha, tuman va shaharlarda aholini bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlashga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi. (10 kunlik ma’lumot)”, – deyilgan xabarda.

    Kompaniya xabarida ASKUG loyihasi doirasida butun mamlakat bo‘ylab 515 mingdan ziyod “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatildi va bu ham xarajatlarni bir me’yorga keltirish hamda tabiiy gazdan maqsadsiz foydalanishlarni aniqlash imkonini berayotgani, xususan, qator tumanlarda yakka tartibdagi uy xo‘jaliklari tomonidan parrandachilik xonalarni va issiqxonalarni isitish, yashirin ohak pechlarini yoqish yoki o‘sha manzillardagi xonadonning gazlashtirish loyihasiga kiritilmagan qo‘shimcha gaz uskunalaridan foydalanilishi oqibatida tabiiy gazni me’yordan ortiq sarflash holatlari aniqlangani ma’lum qilingan.

    Misol tariqasida, “Terranova” dasturi orqali ba’zi abonentlarning bir oyda 7 ming kub metrgacha gaz iste’mol qilishi aniqlangani. Vaholanki, ushbu uylarning gazlashtirish texnik loyihalariga ko‘ra, bir oyda o‘rtacha iste’mol 1000 kub metrdan oshmasligi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra Toshkent, Qibray, Zangiota, Piskent va Parkent tumanlarida shunga o‘xshash qator holatlar aniqlangan.

    Mavzuga doir: 

    • Farg‘onadagi metan zapravkalar 19-noyabr kuni umuman ishlamadi. Viloyatdagi gaz zapravkalar faoliyatiga cheklovlar kiritilgani aytilmoqda
    • Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi gaz va elektr muammolari bo‘yicha aholiga murojaat qildi
    • “Murojaatlar soni oshgani muammoning keskin ko‘payganligini anglatmaydi. Bir necha yil avval vaziyat bundan-da og‘ir bo‘lgan” — Energetika vazirligi

    23.11.2020, 09:28   Izoh (0)   16746
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda aholini 2022-yilga qadar jamoat transporti bilan to‘liq qamrab olish rejalashtirilmoqda

    23.11.2020, 08:07

    O‘zbekistonda dekabr oyidan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi hajmi oshishi kutilmoqda

    23.11.2020, 07:06

    Chilonzorda Malibu salonidan giyohvand modda topildi

    23.11.2020, 06:31

    Qoraqalpog‘istonda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi filiali tashkil etiladi

    23.11.2020, 06:15

    Foto: Kattaqo‘rg‘onda elektrsiz qolgan issiqxona bir kechada 35 ming dollar zarar ko‘rdi

    22.11.2020, 22:17

    Qashqadaryolik tadbirkor uch kun elektrsiz qolgani sabab olti mingta tovug‘idan ayrildi

    22.11.2020, 21:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.