• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Bavariya”, PSJ, “Real”, “Barselona” va manchesterliklar. Dunyoning eng qimmat klublari

    Har bir transfer oynasi yopilganidan so‘ng hisob-kitob ishlari amalga oshiriladi. Bu holatda u yoki bu klubning qancha pul sarflagani va qancha daromad ko‘rgani hisoblab chiqiladi. Ammo barchaga ma’lumki, xarajatlar boshqa, natijalar boshqa. Odatda o‘yinchilarning asl qiymati bir qancha omillarga qarab hisoblab chiqiladi, bular: yosh, statistika, amaldagi sport formasi va hokazolar. Shundan so‘ng ularning ushbu ma’lumotlar fonida har bir klub tarkibining umumiy qiymati hisoblanadi. To‘g‘ri, raqamlar 100 foiz aniq bo‘lmasligi mumkin, ammo ular imkon qadar yaqinlashtirilgan. Quyida esa dunyoning eng qimmat tarkibga ega bo‘lgan klublari haqida fikr yuritiladi.

    “Tottenhem” (tarkibning qiymati – 738,6 million yevro)

    Foto: “Tottenhem”

    Foto: “Tottenhem”

    “Shporlar” kamdan kam hollarda transferlarga jiddiy pul sarflaydi. Joze Mourinyoning kelishi bilan esa juda bir samoviy mablag‘lar sarflanmagan bo‘lsa-da, bu an’ana yo‘qqa chiqdi. Endilikda London klubining tarkibi 738,6 million yevroga baholanmoqda. Biroq jamoada narxi 100 million yevrodan oshadigan birgina futbolchi bor, u ham bo‘lsa, Harri Keyn.

    “Atletiko” (753,3 million yevro)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Matraschilar” doimo transfer masalalariga ehtiyotkorlik bilan yondashgan, ayniqsa, ular erkin agentlarni umuman ko‘zdan qochirmaydi. Misol tariqasida, kimsan Luis Suaresning jamoaga tekinga qo‘shilganini keltirish mumkin. Urugvaylik hech bo‘lmaganda yana ikki mavsum yuqori darajada o‘ynab berishi mumkin. “Atletiko”da ulkan xaridlarni ham amalga oshirib turadi, bunga esa Joau Feliksning 127 million yevroga xarid qilingani misol qilib keltirish mumkin. Hozirda Madrid klubining umumiy tarkibi 753,3 million yevroga baholanadi. Jamoaning o‘rtacha yoshi 26 yosh. Darvozabon Yan Oblak esa “matraschilar”ning eng qimmat futbolchisi. Sloveniyalik posbonning transfer narxi 90 million yevroni tashkil qiladi.

    “Manchester Yunayted” (799,9 million yevro)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Manchester Yunayted”ning transfer siyosati alohida bir mavzu bo‘la oladi. Hozirda hamma “Yunayted” rahbariyatini tezda jamoaga qo‘shilib, uning yetakchisiga aylangan Brunu Fernandeshni sotib olgani uchun maqtamoqda. Ammo portugaliyalik kelishidan oldin klubga kelgan yangi o‘yinchilarning aksariyati ularga sarflangan va sarflanayotgan pullarni to‘laligicha oqlolmayotgandi. Hozir “Manchester Yunayted”ning tarkibi deyarli 800 million yevroga baholangan. Albatta, mankunianliklarning bu ko‘rsatkichi 1,5 oy ichida yana oshishi mumkin, chunki ular yanvar oyida bir qancha transferlarni rejalashtirmoqda. Fernandesh, Markus Reshford va Pol Pogba hozirda “Old Trafford”ning eng qimmat futbolchilari hisoblanadi. Uchalasining ham transfer qiymati 80 million yevroga baholangan.

    “Chelsi” (839 mln yevro)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Ko‘klar” yozgi transfer bozorida juda faol bo‘ldi. Jamoaning hozirgi tarkibi 839 million yevroga baholangan. Hozirda “Chelsi”ning eng qimmat o‘yinchisi Kay Haverts hisoblanadi. Germaniyalikning transfer qiymati 81 million yevroni tashkil qiladi. Inglizlar uni xuddi shu narxga sotib olgan. Shu bilan birga London klubida 50 million yevro va undan ortiq qiymatga ega bo‘lgan ko‘plab futbolchilar bor, Timo Verner, Kristian Pulishich, Ngolo Kante, Ben Chiluell, shular jumlasidandir. Bunday tarkibga ega jamoa esa barcha turnirlarda sovrin uchun kurashishi kerak.

    “Real” (855 million yevro)

    Foto: Twitter / @realmadrid

    Foto: Twitter / @realmadrid

    “Real” asta-sekin transfer bozorida shunchaki pul sarflaydigan klubdan o‘z akademiyasidan foyda ko‘radigan darajaga ko‘tarilmoqda. “Qaymoqranglilar” uchun Eden Azarga sarflangan 115 million yevro yetarli bo‘ldi. Azarning narxida Madridga kelgach jiddiy pasayish kuzatildi, to‘g‘ri, bunga pandemiya ham ta’sir o‘tkazdi. Hozirda futbolchining transfer narxi 60 million yevroni tashkil qiladi. “Real”ning umumiy qiymati 855 million yevroga baholanmoqda. Ayni paytda “qirollik klubi”ning eng qimmat o‘yinchisi, bu Tibo Kurtua.

    PSJ (858,8 million yevro)

    Foto: PSJ

    Foto: PSJ

    Pandemiya davrida hatto PSJ ham o‘ziga qimmat transferlarni ravo ko‘rmadi. Yozda Mauro Ikardi parijliklarning eng qimmat xaridi bo‘ldi. Argentinalik uchun Parij klubi “kamtarona” bo‘lgan 50 million yevro sarfladi. PSJning hozirgi tarkibi 858,8 million yevroga teng. Jamoaning eng qimmat futbolchisi esa Kilian Mbappe. Fransiyalik futbolchining transfer qiymati 180 million yevroni tashkil qiladi. Neymar esa (128 million yevro) 2-o‘rinda. PSJning qolgan futbolchilari esa hozircha 100 millionlik ko‘rsatkichga yaqin ham kelgani yo‘q. Shunga qaramay, Fransiya chempionlari dunyoning eng qimmat jamoalaridan biri sanaladi.

    “Bavariya” (876 mln yevro)

    Foto: UEFA

    Foto: UEFA

    Myunxen klubi transfer bozorida doimo tajovuzkor harakat qilib keladi. Agar “Bavariya” kimni sotib olishga jiddiy kirishsa, demak u Myunxenga kelishi shart. Shu bilan birga, “qizil mashina” unchalik katta xaridlarni ham amalga oshirmaydi. “Bavariya”ning butun tarkibi 876 million yevroga baholanmoqda. Myunxen klubidagi eng qimmat futbolchi esa Serj Gnabri. Vingerning transfer qiymati 90 million yevroni tashkil qiladi. E’tiborga molik jihati, jamoaning biror futbolchisi 100 millionlik ko‘rsatkichga yaqinlashmaydi. Lekin ularning aksariyatining narxi 60–70 million yevroni tashkil qiladi.

    “Barselona” (878,7 million yevro)

    Foto: “Barselona” FK

    Foto: “Barselona” FK

    So‘nggi yillarda “Barselona” futbolchilar uchun ortiqcha va katta pullar sarflamoqda. Ammo ularning hammasi ham Kataloniya klubiga o‘tganidan so‘ng transfer qiymatini tezda yo‘qotmayapti. Bundan tashqari, “ko‘k-anorranglilar” hali ham bir qancha eski tizim o‘yinchilarini saqlab qolgan va shu tufayli dunyoning eng qimmat uch jamoasidan biri bo‘lib turibdi. Kataloniyaliklarning hozirgi tarkibi 878,7 million yevroga baholangan. Jamoaning eng qimmat o‘yinchisi, albatta, Lionel Messidir. Argentinalikning transfer qiymati pasaygan bo‘lsa-da, ammo u hamon 100 millon yevrolik dovonni ushlab turibdi. Yaqin bir ikki yil ichida Ansu Fatining Leo o‘rnini egallashi kutilmoqda. Ushbu bolakay allaqachon 80 million yevroga baholangan. “Barselona” esa uning tovon pulini 400 million yevro etib belgilagan.

    “Manchester Siti” (1,08 milliard yevro)

    Foto: Sky Sports

    Foto: Sky Sports

    “Manchester Siti” transferlar uchun 1 milliard yevrodan ortiq mablag‘ sarflagan dunyodagi yagona klub. “Shaharliklar”ning hozirgi tarkibi 1,08 milliard yevroga baholangan. Hozirda “Manchester Siti”ning eng qimmat o‘yinchisi Rahim Sterling. Vingerning transfer qiymati 128 million yevroni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rindan esa Kevin de Bryuyne (120 mln yevro) o‘rin olgan. Klub ikkala futbolchi uchun o‘z vaqtida 135 million yevro sarflagan.

    “Liverpul” (1,08 milliard yevro)

    Foto: “Liverpul” FK

    Foto: “Liverpul” FK

    Yurgen Klopp jamoasining yildan yilga butun dunyo bo‘ylab muxlislari ko‘payib bormoqda. “Liverpul” “Siti” kabi transferlar uchun juda ko‘p pul sarflamasa ham, ikkala klubning umumiy narxi bir xil. Bunda butun boshli klub tizimining xizmati bor: skautlar, akademiya va murabbiylar shtabi. Bir vaqtlar “Liverpul” Muhammad Saloh va Sadio Mane uchun jami 83 million yevro sarflagandi. Aynan mana shu ikki futbolchi hozir “qizillar”ning eng qimmat futbolchilari hisoblanadi. Ushbu futbolchilarning har biri 120 million yevroga baholanmoqda. Shuningdek, Trent Aleksander-Arnoldning narxi ham 110 million yevroni tashkil qiladi. Himoyachiga umuman hech qanday sarmoya qilinmagan, u akademiya bitiruvchisi hisoblanadi. Hozir “Liverpul” dunyodagi eng qimmat tarkibga ega, buni nafaqat yevrolar, balki o‘yin ham tasdiqlamoqda.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    22.11.2020, 12:00   Izoh (0)   18324
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mercedes, Adidas, xayriyalar va o‘ynamay topilayotgan millionlar. Mesut O‘zilning hashamatli hayoti haqida

    22.11.2020, 10:45

    Bundesliga. “Borussiya D” 7 ta gol urilgan o‘yinda yirik hisobda zafar quchdi, Erling Holanddan poker

    22.11.2020, 09:41

    APL. “Manchester Yunayted” Brunu Fernandeshning goli evaziga autsayderni yengdi

    22.11.2020, 06:34

    La Liga. “Barselona” Madridda “Atletiko”ga taslim bo‘ldi

    22.11.2020, 03:34

    A Seriya. Krishtianu Ronalduning dubli “Yuventus”ga g‘alaba olib keldi, “Atalanta” ochko yo‘qotdi

    22.11.2020, 02:48

    APL. Joze Mourinyoning “Tottenhem”i Pep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti”ga imkon qoldirmadi

    22.11.2020, 00:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Umrboqiy muhabbat: hissiyotlar falokatdan kuchli ekanini isbotlovchi 5 ta film

    Layfstayl | 18 iyul, 20:15

    Ko‘kdaladagi zapravka portlashida halok bo‘lgan va yaralanganlarga tovon puli to‘lanadi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 20:07

    Hisobot uchun fuqaroning ruxsatisiz ishga joylashtirib qo‘yish davom etmoqda. Xo‘sh, bunday holatda nima qilish kerak? Mutaxassis tushuntirish berdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 19:55

    Kim Chen In ochilganiga uch hafta ham bo‘lmagan turistik kurortni xorijliklar uchun yopdi

    Dunyo | 18 iyul, 19:40

    “Elektr toki uzilishidan ko‘rilgan zararni qoplash mexanizmi joriy etilishi zarur” — tadbirkor

    O‘zbekiston | 18 iyul, 19:25

    Hatto yulduzlar ham ashaddiy muxlis bo‘ladi: sevimli san’atkorlari bilan uchrashganda o‘zini yo‘qotib qo‘ygan mashhurlar

    Kino | 18 iyul, 19:17

    O‘zbekistonda o‘n mingdan ortiq xodimning 130 mlrd so‘mga yaqin maoshi undirib berildi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.