Namangan viloyati Pop tumanida Lacetti avtomashinasi boshqaruvni yo‘qotib Damas avtomashinasiga urildi, deya xabar qilmoqda IIV.
Ma’lum qilinishicha, 15-noyabr kuni soat 04:00 larda Pungon–Namangan yo‘lining 33-kilometrida Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan.
Natijada shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda yo‘lning o‘ng tomon qatnov qismida to‘xtab turgan Damas avtomashinasini orqa tomoniga urilgan.
Oqibatda, Damas avtomashinasida bo‘lgan haydovchining otasi tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 15-noyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Farg‘onada Spark daraxtga urilishi natijasida haydovchi va yo‘lovchi vafot etgani, Surxondaryo viloyati Uzun tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 4 yoshli bola hayotdan ko‘z yumgani hamda Navoiyda Nexia haydovchisi 10 yoshli qiz o‘limiga sababchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)