Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida sodir bo‘lgan YTHda 10 yoshli qizcha halok bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB YHXB matbuot guruhi katta inspektori Farruh Yakubov xabar berdi.

Foto: Farruh Yakubov

Foto: Farruh Yakubov

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 8-noyabr kuni Xatirchi tumanida yashovchi 10 yoshli qiz M.M. yashash hovlisining qarama-qarshisida yashovchi bobosining uyiga borish uchun yo‘lni kesib o‘ta boshlagan. Shu payt 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro F.S. o‘z boshqaruvidagi Nexia’ni soatiga 140 kilometr tezlikda boshqarib kelib, M.M.ni urib yuborgan.

Natijada voyaga yetmagan M.M. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

“Aynan ota-onalarning mas’uliyatsizligi va farzandlarning qarovsiz qolishi tufayli bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari oshib bormoqda. Yoshi katta har bir inson o‘g‘il-qizini nazoratsiz qoldirmasligi, o‘zi ham yo‘l harakati qoidalariga rioya etgan holda yoshlarga ibrat bo‘lishini so‘rab qolgan bo‘lar edik”, —deydi Farruh Yakubov.

Mazkur holat yuzasidan F.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, viloyatda 2020-yil 1-sentabr kuni ham shu yoshdagi maktab o‘quvchisining vafotiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi