Amerikalik bir guruh olimlar Marsda suv chang bo‘ronlari ta’sirida yo‘qolib ketgan bo‘lishi mumkin, degan xulosaga keldi, deb xabar bermoqda ”RBK”. Ularning tadqiqot natijalari Science jurnalida chop etilgan.
Olimlar o‘z tadqiqotlarida Mars Atmosphere va Volatile Evolution kosmik qurulmalaridan olingan ma’lumotlardan foydalangan. Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, chang bo‘ronlari paytida suv Mars yuzasidan atmosferaning yuqori qismiga yetib boradi va u yerda atomli vodorodga aylanadi. So‘ng bu vodorod sayyora atmosferasidan fazoga ketadi.
Shuningdek, tadqiqotda aytilishicha, Marsning yuqori atmosferasida suv miqdori fasllarga qarab turlicha bo‘lgan. U janubiy yozda eng yuqori ko‘rsatkichga chiqqan, shuningdek chang bo‘ronlari vaqtida ko‘paygan.
Avvalroq olimlar Marsda suv bo‘lganini isbotlovchi dalil topgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)