Daryo

NASA rahbari Marsda hayot izlarini topish imkoniyati ortib borayotganini ma’lum qildi

Marsda hayot borligi haqida dalil hozircha topilmagan

1 daqiqa o‘qish33 250 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: iStock

Marsda hayot izlarini topish ehtimoli ortib bormoqda. “RBK”ning xabar berishicha, bu haqda NASA direktori Jim Braydenstayn 17-oktabr kuni Marsni tadqiq etuvchilar jamiyatining videokonferensiyasida aytgan.

Foto: iStock

Braydenstaynning ta’kidlashicha, Marsda hayot borligi haqida dalil hozircha topilmagan. “Ammo buning ehtimoli ortib bormoqda. Qanchalik ko‘p izlansak, bizningcha, hayot uchun zarur bo‘lgan barcha elementlar Marsda borligi yoki bo‘lganligini shunchalik bilyapmiz”, — degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq olimlar Marsda organik molekulalar mavjud deb taxmin qilgan.

Iyul oyi oxirida NASA bortiga mazkur apparat o‘rnatilgan Atlas V raketa tashuvchisi orqali Perseverance nomli yangi marsoxodni uchirgandi. Rejaga ko‘ra, u 2021-yilning 18-fevralida Mars yuzasiga borib qo‘nishi kerak.

Perseverance Marsning o‘tmishdagi mikrobiologik hayot shakli alomatlarini qidirish bilan shug‘ullanadi. U tuproq namunalarini to‘playdi (uni 2028-yilda Perseverance yoniga qo‘nadigan boshqa bir apparat olib ketadi), shuningdek, sayyoraning iqlimi va ob-havosini o‘rganadi.

Avvalroq BAA o‘zining kosmik zondini birinchi bor Yaponiyadan turib Marsga uchirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Oradan ko‘p o‘tmay Xitoy ham Marsga o‘zining birinchi missiyasini uchirgan.

Mavzuga doir: Marsni o‘zlashtirish: AQSh, Xitoy va BAA singari mamlakatlar missiyalari nima maqsad bilan Marsga uchmoqda?

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar