“Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn o‘g‘rilardan jabr ko‘rdi.
The Sun’ning xabar qilishicha, Harri Keynning 100 ming funtlik Range Rover avtomobilini kunduz kuni o‘g‘irlab ketildi. Jinoyat Londonda sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, jinoyatchilar Keynni ma’lum vaqt kuzatib borgan, futbolchi mashinadan tushganidan so‘ng eshik mexanizmini elektron moslama orqali buzgan va avtomobilni olib qochgan.
Politsiya Keynga o‘g‘rilarni tutish imkoniyati yuqori emasligini ma’lum qilgan, sababi ular professional ish tutgan. Manbaga ko‘ra, futbolchi avtomobilida qimmatbaho buyumlar yo‘qligi va oila a’zolari bu voqeadan jabr ko‘rmaganidan mamnun.
So‘nggi oylarda “Tottenhem”dan Dele Alli va Yan Vertongen o‘g‘rilik qurboniga aylangandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)