• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Donald Tramp Jo Baydenga hokimiyatni topshirishdan bosh tortdi. Ammo demokratning jamoasi hokimiyat tranzitiga tayyorlanishni boshladi

    Jo Bayden Donald Trampning saylovdagi mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortishini sharmandalik deb atadi va amaldagi prezidentning fikri qanday bo‘lishidan qat’i nazar, prezident lavozimini egallashini aytdi. AQShda hokimiyat topshirilishi qanday yuz berishini “RBK” tushuntirib berdi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Saylovlar g‘olibi qanday aniqlanadi?

    AQShda saylovlar natijalari birdan aniqlanmaydi. Birinchi bo‘lib OAVlar kim g‘olib bo‘lganligi haqida xulosalarni e’lon qiladi, ular amerikaliklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar va shtat ma’murlaridan olingan dastlabki ma’lumotlarga tayanadi. Yetakchi OAVlarning barchasi Jo Baydenni saylov g‘olibi deb e’lon qildi, u, prognozlarga ko‘ra, Donald Trampdan ko‘proq saylovchilar ovozini qo‘lga kiritgan. Reuters hisob-kitoblariga ko‘ra, Bayden jami 538 saylovchi (saylovchilar hay’ati a’zosi)dan 279 nafarining ovozini qo‘lga kiritgan, bu esa g‘alaba uchun zarur bo‘lgan 270 ta ovozdan ko‘proq. Trampda esa — 217 ta ovoz. Ayni vaqtda Reuters uchta shtatda — Shimoliy Karolina, Arizona va Jorjiyada kim g‘olib bo‘lganini aytishga tayyor emas. So‘nggi ikkita shtatda Bayden favorit hisoblanadi, demak yakuniy hisob-kitoblardan keyin uning natijasi yana 27 ta ovozga ortishi mumkin.

    Saylovlarning rasmiy natijalari shtat hukumatlari tomonidan e’lon qilinadi, ularning har birida buning uchun turlicha muddat belgilanadi. Odatda saylovlarni sertifikatsiyalash jarayonini saylovlar bo‘yicha bosh mas’ul shaxs, gubernator yoki boshqa vakil o‘tkazadi. Biroq rasmiy natijalar 8-dekabrga qadar taqdim etilishi kerak — bu kungacha ovozlarni hisoblash bo‘yicha barcha masalalar va bahslar hal etilishi kerak.

    14-dekabr kuni shtatlardan 538 nafar saylovchi (saylovchilar hay’ati a’zosi yoki tanlovchi) o‘zlarining shtatida g‘olib bo‘lgan nomzod uchun o‘z ovozini berishi kerak bo‘ladi. Nazariy jihatdan, ba’zi shtatlarda tanlovchilar istalgan nomzodga ovoz berishi mumkin bo‘lsa-da, bunday holatlar juda kam uchraydi. 6-yanvar kuni kongressning ikkala palatasi majlisida qonun chiqaruvchilar tanlovchilar ovoz berish yakunlarini rasman tasdiqlashi kerak.

    Tramp nima uchun qarshilik ko‘rsatmoqda?

    Qoida bo‘yicha, mag‘lub bo‘lgan nomzod OAV tomonidan g‘olib e’lon qilinadigan bosqichda o‘z mag‘lubiyatini tan oladi. Ammo Donald Tramp Baydenning g‘alabasini tan olishdan bosh tortdi. AMaldagi prezident raqibini saylangan prezident deb hisoblamasligini va saylovlar natijalari ustidan norozilik arizasini berib, sudlar orqali g‘alabaga erishishini ma’lum qildi. Xususan, Tramp respublikachi kuzatuvchilar Michiganda saylov uchastkalariga kiritilmaganini, Pensilvaniyada esa noqonuniy byulletenlar hisobga olinganini aytdi. Trampning shtabi Jorjiya va boshqa shtatlarda ovozlar qaytadan sanalishini talab qildi, u yerlarda Bayden Trampdan 0,5 foizdan kamroq farq bilan oldinda edi.

    Shunday bo‘lsa ham, Tramp sud orqali g‘alabaga erishishi imkoniyati juda kam. Birinchidan, ekspertlar ta’kidlashicha, uning shtabi qonun buzilish holatlarini isbotlab berganicha yo‘q. Ikkinchidan, Bayden bir yo‘la bir nechta shtatda bir necha o‘n minglab ovoz bilan Trampni ortda qoldirmoqda, va ovozlarning qayta sanalishi bu vaziyatni o‘zgartirishi amri mahol.

    2000-yilda ovozlarni hisoblash bo‘yicha bahs respublikachi kichik Jorj Bush va demokrat Albert Gor o‘rtasida yuzaga kelgan edi. O‘shanda Bush Oliy sud Florida shtatida ovozlarni qo‘lda qaytadan sanab chiqish haqidagi qarorni qo‘llab-quvvatlamasligi natijasida ustunlikni saqlab qolgan edi. Biroq o‘shanda saylovlarning yakuni atigi bitta shtatga bog‘liq edi, va unda Bushning Gordan farqi Baydenning Trampdan bir nechta ikkilanuvchi shtatlardagi farqidan kichikroq edi.

    Trampning vakolatlari qachon tugaydi?

    Agar, kutilganidek, Bayden saylovlar g‘olibi deb tan olinsa, Donald Trampning prezidentlik vakolatlari 2021-yil 20-yanvar kuni qoq tushda tugaydi. O‘sha vaqtgacha u o‘z ma’muriyatining kadrlar tarkibini, shu jumladan, asosiy vazirlarni belgilay oladi, shuningdek, ijro farmonlarini chiqara oladi. 2016-yil noyabridagi saylovlarda Tramp g‘olib chiqqanidan keyin, lavozimdan ketadigan prezident Barak Obama Amerika saylovlariga aralashganlik uchun Rossiya davlat tuzilmalariga qarshi sanksiyalar kiritgan edi. Noyabrdan boshlab to prezident lavozimidan ketguniga qadar, Obama 17 ta farmon chiqargandi, kichik Jorj Bush esa 2008-yilgi saylovdan keyin 11 ta, Bill Klinton 2000-yilgi saylovdan keyin 22 ta, katta Jorj Bush 1992-yilgi saylovdan keyin 14 ta farmon chiqarishga ulgurgan.

    Kongressning yangi tarkibi 3-yanvar kuni, ya’ni prezidentdan ikki hafta avvalroq ishga kirishadi. 20-yanvardan keyin AQSh davlat rahbari va Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni vakolatlari yangi prezidentga o‘tadi.

    Odatda, ketayotgan prezident o‘zidan keyingi prezidentga xat yozadi, u inauguratsiya kuni unga yetkaziladi. Matn qo‘lda yoziladi va qisqacha muvaffaqiyat tilaklaridan iborat bo‘ladi. Masalan, Obama Trampga yozgan xatida uning yosh amerikaliklar uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratishiga, AQShning dunyo maydonidagi yetakchilik o‘rnini saqlab qolishiga va demokratiya institutlarini hurmat qilishiga umid bildirgan edi.

    Hokimiyatni topshirish qanday amalga oshadi?

    Hokimiyat tranzitiga tayyorgarlik uch bosqichda bo‘lib o‘tadi.

    Birinchisi — saylovlardan oldin tranzitni rejalashtirish. Odatda nomzodlar saylov o‘tkaziladigan yilning aprel—mayida tranzitni nazorat qiluvchi jamoalarni tayyorlab qo‘yadi, bunda:

    • nomzodlar hokimiyatning ehtimoliy tranzitini muvofiqlashtirish uchun mas’ullarni tayinlaydi;
    • hokimiyat tranzitini nazorat qiluvchi jamoa uchun moliyaviy resurslar qidiriladi;
    • tranzit rejasi ishlab chiqiladi.
    Ikkinchi bosqich — saylovlardan keyin tranzitni rejalashtirish. Uning doirasida:
    • g‘olib bo‘lgan nomzod o‘z ma’muriyati uchun nomzodlarni tanlaydi. Prezident jami bo‘lib 4 mingga yaqin davlat xizmatchisini tayinlaydi, ular uning tashabbuslarini tayyorlash va amalga oshirishda yordam beradi. Bu 4 ming kishidan 1,6 ming nafari ko‘pchilik o‘rinlarni Respublikachilar partiyasi nazorat qiladigan senat tomonidan tasdiqlanishi kerak. Barcha tayinlovlar puxtalik bilan tekshiriladi;
    • hokimiyat tranziti uchun 100 dan ortiq davlat muassasalari tayyorlanadi. Davlat muassasalari xodimlari yangi ma’muriyatga tayyorlanishi kerak. Yangi hokimiyat kelishiga tayyorgarlikni ketayotgan ma’muriyat tomonidan Hokimiyat tranzitini muvofiqlashtiruvchi kengash nazorat qiladi, unga esa Oq uy apparati rahbari Mark Medouz boshchilik qiladi;
    • yangi prezidentning kun tartibi tayyorlanadi. Baydenning ma’muriyati yaqin oylar uchun kun tartibini tayyorlab qo‘yishi — demokratlar ma’muriyati qanday islohotlarga urg‘u berishini aniqlashtirishi kerak.
    Yakuniy bosqich — senatda yangi ma’muriyatdagi asosiy lavozimlarga nomzodlar tasdiqlanishi.

    Saylangan prezident nimalarga da’vogarlik qilishi mumkin?

    Saylangan prezidentning tranzitini tashkillashtirish jamoasi ishlash uchun joy, shuningdek, davlatdan moliyaviy yordam talab qilish huquqiga ega. Bu 1963-yilgi qonunda ko‘zda tutilgan hokimiyatni topshirish qoidalarida aytib o‘tilgan. Moliyaviy yordam ajratilishini Umumiy xizmatlar ma’muriyati (GSA) nazorat qiladi, tranzitni tashkillashtirish bo‘yicha jamoa ehtiyojlari uchun qariyb 6 million dollar zaxira qilib qo‘yilgan.

    Baydenning o‘tish jamoasi taxminan 500 kishidan iborat, ular, xususan, davlat tuzilmalari bilan ishlash bilan shug‘ullanadi. Hozircha GSA Baydenga mablag‘larni taqdim etgani yo‘q, chunki uning g‘alabasi shtatlar va kongress tomonidan rasman tasdiqlangani yo‘q. Bayden Trampning mag‘lubiyatni tan olishdan bosh tortishini “sharmandalik” deb atadi va hokimiyat topshirilishiga hozirgi ma’muriyatning ko‘magisiz ham tayyorlanishini ma’lum qildi.

    Mavzuga doir:

    • Donald Tramp mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortdi. Jo Bayden esa Twitter’dagi maqomini “AQShning saylangan prezidenti” deb o‘zgartirdi
    • Bayden Trampning saylovdagi mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortishini sharmandalik deb atadi
    • AQSh davlat kotibi hokimiyat Trampning ikkinchi ma’muriyatiga silliq topshirilishini va’da qildi

    12.11.2020, 21:10   Izoh (0)   31241
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirusga qayta chalinish holatlari haqidagi yangiliklar haqiqatmi? Shunday bo‘lishi mumkinmi? Vaksina bundan qutqaradimi?

    12.11.2020, 20:48

    Rossiyaning Kemerovo viloyatida “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangan shifokor koronavirusga chalindi. Shunday holat Oltoy o‘lkasida ham kuzatilgandi

    12.11.2020, 20:24

    Saylovlardagi mag‘lubiyatdan so‘ng Trampga nima bo‘ladi? U Oq uydan to‘g‘ri qamoqqa ravona bo‘lishi rostmi? O‘zini o‘zi afv etishga ulguradimi? Uning kelajagiga oi...

    12.11.2020, 20:12

    Rossiyada COVID-19’dan o‘lim holatlari bo‘yicha sutkalik antirekord qayd etildi. Bir kunda 439 kishi vafot etdi

    12.11.2020, 18:10

    Koronavirusga chalingan Vladimir Zelenskiy kasalxonaga yotqizildi

    12.11.2020, 17:34

    Rossiyada “samoizolyatsiya” 2020-yil so‘zi deb topildi

    12.11.2020, 16:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin 25 yil oldin prezident bo‘lishni xohlamaganini aytdi

    Dunyo | 13 iyul, 18:11

    Shimoliy Koreya Rossiyaga 12 mln dan ortiq snaryad yetkazib bergan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 17:50

    Britaniyada 60 ga yaqin deputat Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 17:30

    Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 17:12

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.