• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jahon hafta ichida. “Insoniyat yangi pandemiyaga tayyorlanishi kerak”. Venadagi terakt va AQShning yangi prezidenti

    Kuzning so‘nggi oyi ham boshlandi. Noyabrning ilk haftasida jahon sahnida qanday voqealar yuz berganini an’anaviy haftalik dayjestimizda esga olamiz.

    Turkiyadagi zilzila oqibatlari

    30-oktabr kuni Turkiyaning g‘arbiy qismida 6,6 balli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epimarkazi Egey dengizida, Izmir viloyatining Seferihisar shahri yaqinida joylashgan. Izmirda kamida 20 ta bino qulab tushgani xabar qilindi. Zilzila kichik sunamini keltirib chiqardi, oqibatda Seferihisarning qirg‘oq ko‘chalarini suv bosdi. Ayni damda zilzila qurbonlari soni 100 kishidan oshdi.

    Foto: Twitter / @aa_russian

    Foto: Twitter / @aa_russian

    Zilzila nafaqat Turkiyaga, balki Gretsiyaning Samos orolida ham sezilarli darajada ta’sir qildi. Gretsiyada ikki maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohat oldi va bir qator binolarga zarar yetdi.  Orolda olti oylik favqulodda holat joriy qilindi.

    Hafta davomida Turkiyada vayronalar ostida qolib ketganlarni izlash ishlari olib borildi. Dastlab voqeadan 65 soat o‘tib uch yoshli qizaloq qutqarib olingan bo‘lsa, 91 soat o‘tganidan keyin yana bir shu yoshdagi qizaloq qutqarib olindi. Har ikki qutqarilgan bolalarning salomatligiga jiddiy zarar yetmagan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on boshpanasidan ayrilgan fuqarolarga yangi uylar berilishini ma’lum qildi.

    Venada terakt

    Avstriya poytaxtidagi 2-noyabr oqshomida ketma-ket terrorchilik harakatlari yuz berdi. Terrorchilar Venaning olti joyida hujumlar uyushtirdi. Oqibatda, besh kishi halok bo‘ldi, kamida 20 ga yaqin kishi tan jarohati oldi. Keyinroq Avstriya ichki ishlar vaziri Karl Nexammer terrorchilik hujumini IShID terrorchilik guruhi tarafdori sodir etganini ma’lum qildi.

    Vena politsiyasi xabariga ko‘ra, hujum qilgan shaxs politsiyachilar tomonidan o‘ldirildi. Jinoyatchi vintovka (soyli miltiq) va to‘pponchalar bilan qurollanib, beliga soxta “xudkush kamari”ni bog‘lab olgan edi. Politsiya terrorchining shaxsini aniqladi, ammo bu ma’lumotni oshkor qilmadi.

    Terrorchilar Venadagi terakt Avstriyaning AQSh rahbarligidagi koalitsiyadagi ishtiroki uchun “jazoning bir qismi” bo‘lganini aytdi. Terrorchilar faoliyatini kuzatib boruvchi SITE Intelligence Group tashkiloti guruhi rahbari Rita Kats taxmin qilishicha, IShID hujumkor yoki hujumkorlarni “ilhomlantirgan” bo‘lishi mumkin, ammo hujum ishtirokchilarining harakatlarini muvofiqlashtirmagan.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Keyinroq vafot etgan terrorchining shaxsi va kim ekani oshkor qilindi. Terakt terrorchilik tashkilotida qatnashgani uchun qamalgan Avstriya va Shimoliy Makedoniya fuqarosi bo‘lgan 20 yoshli Feyzulay Kuytim tomonidan sodir etildi. 2019-yilning 25-aprelida Kuytim Suriyaga ketib, IShID terrorchilariga qo‘shilmoqchi bo‘lgani uchun 22 oylik qamoq jazosiga hukm qilingandi. 2019-yilning 5-dekabrida u muddatidan ilgari shartli ozod qilingan edi.

    Terakt uchun javobgarlikni esa IShID terrorchilik tashkiloti o‘z bo‘yniga oldi. Bu haqda terrorchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini kuzatuvchi SITE Intelligence Group ma’lum qilgan. IShID vakillarining mazkur teraktga aloqadorligi haqida xabar tashkilotning Telegram kanallaridan birida e’lon qilindi. Terrorchilik tashkiloti bu boradagi dalillarini namoyish qilmadi.

    AQShdagi saylov yakunlari

    Haftaning eng muhim hodisasi, shubhasiz, AQShdagi prezidentlik saylovidir. 3-noyabr kuni AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Respublikachilar partiyasidan amaldagi prezident Donald Tramp, demokratlardan sobiq vitse-prezident Jo Bayden da’vogarlik qildi. Turli shtatlar aholisi prezidentdan tashqari 35 senator, Vakillar palatasining 435 a’zosi, 13 gubernator va mahalliy hukumat organlarini ham sayladi.

    Ta’kidlash joizki, bu safargi saylovlar ancha tarang va ziddiyatlarga boy tarzda o‘tdi. Saylov natijalarini bir necha kun davomida e’lon qilishning imkoni bo‘lmadi. Bir tomondan, Donald Tramp ma’muriyati va tarafdorlari uning g‘alaba qozonganini aytgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan Jo Bayden ham o‘zining saylovda g‘alaba qozonishini ta’kidlashdan charchamadi.

    Saylov natijalari e’lon qilina boshlagan paytda Donald Tramp bir necha bor saylovdagi “qonunbuzarliklar”, uning “ovozlarini tortib olinayotgani” haqidagi bayonotlar bilan chiqdi. Mamlakatda ovozlarning haqqoniy tarzda hisoblanishini talab qilib, bir nechta hududlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. AQShdagi prezidentlik saylovlari natijalari birjalardagi narx-navolarga ham ta’sir qildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    7-noyabrga kelibgina AQSh ommaviy axborot vositalari, xususan, Associated Press, CNN, The New York Times, ABC News, Fox News va boshqalar Jo Baydenni AQShning saylangan prezidenti deb e’lon qildi. Ammo bu paytda ham ovozlar to‘liq sanab bo‘linmagan edi.

    Bunga javoban, AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp Amerikaning yirik ommaviy axborot vositalari Jo Baydenning saylovlarda g‘olib chiqqanini e’lon qilganidan keyin, hozircha mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortdi.

    “Ushbu saylov yakunlanishiga hali vaqt bor”, dedi Tramp o‘z bayonotida.

    Tramp 9-noyabrdan boshlab o‘zining saylovoldi tashviqot guruhi saylov qonunchilikka to‘liq muvofiq tarzda o‘tganini va qonuniy g‘olibni aniqlash uchun sudga murojaat qilishini va’da qildi.

    “Amerika xalqi demokratiya tamoyillariga munosib ravishda berilgan haqiqiy ovozlar hisobi to‘g‘risidagi natijani bilmagunicha tinchimayman”, deydi Tramp.

    Jo Bayden, o‘z navbatida, Twitter’da AQSh prezidentligiga saylanganidan faxrlanishini aytdi.

    “Bizni qiyin ish kutmoqda, lekin men sizga shuni va’da qilamanki, men uchun ovoz berganingiz yoki bermaganingizdan qat’iy nazar, men barcha amerikaliklar uchun prezident bo‘laman”, deb yozadi Bayden. Shuningdek, Bayden o‘zining Twitter’dagi maqomini “AQShning saylangan prezidenti” deya o‘zgartirdi.

    Keyinroq, AQSh prezidenti Donald Tramp sudda ovoz berish bilan bog‘liq ishni ko‘rib chiqish kutilganidek natija bermasa, o‘zining saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olishga rozi bo‘lgani haqida ma’lum qildi. Fox News yozishicha, “sudda ish ko‘rib chiqilganidan keyin uning g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘qligi” oydinlashsa, Tramp yon bosishga tayyor bo‘ladi. The New York Times gazetasi Trampning yordamchilariga tayanib qayd etishicha, yaqin orada prezident raqibi Jo Baydenning g‘alabasini tan olmoqchi emas.

    Ayni paytda NYT, CNN, Fox News va Associated Press prognozlari bo‘yicha Bayden saylovchilar kollegiyasining g‘alaba uchun zarur bo‘lgan 270 dan ortiq ovozini qo‘lga kiritib bo‘ldi. Ammo Tramp g‘alaba qozonganini da’vo qilishda davom etib, saylovlarda “xunuk narsalar” sodir bo‘lganini, ovozlar sanab chiqilayotgan ba’zi binolarga esa kuzatuvchilar qo‘yilmaganini aytmoqda.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    AQShda prezident saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi, ammo ularning yakuniy natijalari pochta orqali ovoz berilgani va saylovga rekord darajada ko‘p (avvalgi yillardagidan 15 millionga ko‘p) saylovchilar kelgani tufayli kechikdi. Dastlab, ba’zi shtatlarda, shu jumladan, Viskonsin va Jorjiyada uzoq vaqt davomida Tramp yetakchilik qilib turdi, ammo ovozlarning so‘nggi qismini hisoblash chog‘ida ustunlik Bayden tomonga o‘tdi. Tramp uning yetakchiligi “sehrli tarzda” g‘oyib bo‘lganini aytib, buni “juda g‘alati” deb atadi.

    Koronainfo

    Hafta davomida AQSh saylov bilan ovora bo‘lgan bo‘lsa, dunyoning qolgan qismi, xususan, Yevropa Ittifoqi COVID-19 pandemiyasining ikkinchi yirik to‘lqiniga qarshi kurashmoqda. Jumladan, bir qator mamlakatlar yangi karantin choralarini ko‘rishga majbur bo‘ldi.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyo hamjamiyatini yangi pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi. Bu haqda tashkilotning Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi 73-sessiyasining telekonferensiyasi arafasida tarqatilgan bayonotida ma’lum qilindi.

    “Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti insoniyat yangi pandemiyaga tayyorgarlik bilan shug‘ullanishi kerak, deb hisoblaydi”, deyiladi bayonotda. Tashkilot bu mavzuni forumdagi asosiy mavzulardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.

    Raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, bugunga kelib butun dunyoda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 50 milliondan oshdi. Hozirgacha 35,6 milliondan ortiq bemor tuzalib ketgan bo‘lsa, 1,2 million kishi kasallik oqibatida vafot etdi, 13,5 milliondan ortiq bemor davolanishni davom ettirmoqda.

    Davlatlar kesimida AQSh 10 milliondan ortiq holat bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda Hindiston, Braziliya, Fransiya, Rossiya, Ispaniya, Argentina va Buyuk Britaniya kabi davlatlar bormoqda.

    Jahongir Ostonov tayyorladi. 

    09.11.2020, 14:11   Izoh (0)   27483
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Trampning yaqinlari uni mag‘lubiyatni tan olishga chaqirgani haqidagi xabarlar rad etildi

    09.11.2020, 13:34

    BAAda spirtli ichimliklar ichishga va nikohdan o‘tmasdan birga yashashga ruxsat berildi

    09.11.2020, 12:36

    Tomskdagi o‘zbeklar koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga bepul palov tarqatmoqda

    09.11.2020, 11:32

    Gruziyada namoyishchilarga qarshi suv zambaraklari qo‘llanildi

    09.11.2020, 10:58

    Foto: Britaniya qirolichasi jamoat oldiga birinchi marta niqob taqib chiqdi

    09.11.2020, 09:57

    Butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 50 mln kishidan oshdi

    09.11.2020, 09:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada hayvonot bog‘ida chaqmoq urishi oqibatida 13 kishi jarohat oldi

    Dunyo | 14 may, 23:55

    “Rossiya-Ukraina mojarosining yakuni butun Yevropa taqdirini hal qiladi” — Fridrix Merts

    Dunyo | 14 may, 23:40

    Robert De Niro “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritdi va Donald Trampni tanqid qildi

    Kino | 14 may, 23:25

    Turkiya hukumati Tramp tashrifini 15-mayda emas, balki yaqin kunlarda kutmoqda — OAV

    Dunyo | 14 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 14-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 14 may, 22:50

    Vaqt sinovidan o‘tgan: bosh rollarni qayta-qayta ishonib topshiriladigan 5 ta kino juftlik

    Layfstayl | 14 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.