AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda saylovlarda berilgan ovozlarni hisoblash fonida o‘z tarafdorlari oldida chiqish qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
“Natijalar aqlbovar qilmas darajada. Biz barchamiz g‘olib bo‘lyapmiz”, — degan prezident.
Prezident qo‘llab-quvvatlashlar uchun Amerika xalqiga va o‘z oilasiga minnatdorlik bildirdi. U ikkilanayotgan aksariyat shtatlarda, xususan, Jorjiya, Shimoliy Karolina, Texas va shuningdek “uncha ham kerek bo‘lmagan Viskonsin shtatida”, g‘alaba qozonganini aytdi, “Axir biz Texasni qo‘lga oldik”, — degan Tramp.
“Lekin eng asosiysi — biz Pensilvaniyada g‘alaba qozonyapmiz. Katta farq bilan”, — deb ta’kidlagan prezident, shundan so‘ng yig‘ilganlar o‘rnidan turib gurliros qarsak chalgan.
Shu bilan birga, Tramp hisoblash jarayonini “xalqimizning aldovi” deb atadi va uni to‘xtatish uchun Oliy sudga borishga va’da berdi.