• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    43-Amerika prezidenti Kichik Jorj Bush: prezidentlik davri, islohotlar va e’tiroflar

    2000-yilgi AQShdagi prezidentlik saylovlarida Jorj Bush g‘alaba qozondi. Yaqin kunlarda Amerikada bo‘lib o‘tgan saylov jarayonlari va ularning aks-sadosida ro‘y berayotgan voqea-hodisalar bizni Amerika prezidentlik saylovlari tarixiga nazar tashlashga undadi. “Daryo” 43-Amerika prezidenti Kichik Jorj Bush haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kichik Jorj Bushning hayoti

    Ko‘pchilikka Kichik Bush nomi bilan ma’lum Jorj Uolker Bush 1946-yil 6-iyulda Konnektikut shtatining Nyu-Heyven shahrida iste’fodagi dengiz uchuvchisi Jorj Gerbert Uoker Bush va Barbara Bushlar oilasida dunyoga keldi. Uning bobosi Preskott Sheldon Bush 1952-yildan 1963-yilgacha Konnektikutdan senator bo‘lgan edi.

    Kichik Bushning bolaligi Midlend shahrida o‘tdi. U 7-sinfni tugatganida Bushlar oilasi Xyustonga ko‘chib ketdi. 1968-yilda Jorj Bush Yel universitetida tarix bo‘yicha bakalavr darajasini oldi. 1968–1973-yillarda bo‘lajak prezident Milliy gvardiyada xizmat qildi.

    Bush 1973–1975-yillarda Garvard biznes maktabida tahsil oldi. Keyin Midlendga qaytib kelib, bu yerda 1986-yilgacha neft sanoati sohasida ishladi. Kichik Jorj Bush bir necha marta otasining (AQShning 41-prezidenti Katta Jorj Bush) saylov kampaniyalarida uning maslahatchisi bo‘lib faol ishtirok etdi. 1977-yilda AQSh Vakillar palatasiga saylandi.

    Gubernator Bush

    U 1994-yil 8-noyabrda 53,5 foiz ovoz bilan Texasning 46-gubernatori bo‘ldi. Ushbu lavozimda u “mo‘tadil konservatizm” (ya’ni ijtimoiy dasturlarni to‘liq rad etmaslik) pozitsiyasida turib, muxolifat bilan qanday ishlashni biladigan ishbilarmon siyosatchi sifatida obro‘-e’tibor qozondi. Bush 1998-yil 3-noyabrda rekord darajadagi ovozlar soni bilan qayta gubernator etib saylandi va Texas shtatining ikkinchi muddatga saylangan birinchi gubernatoriga aylandi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bushning prezident sifatida saylanishi

    1999-yilda u AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi. 2000-yil 7-noyabrda bo‘lib o‘tgan mamlakat tarixidagi eng munozarali prezidentlik saylovlaridan birida hisoblash, qayta sanash va besh haftalik sud jarayonlaridan so‘ng Kichik Jorj Bush Qo‘shma Shtatlar tarixida (Jon Adamsdan keyin) bu lavozimni otasidan keyin egallagan ikkinchi prezident bo‘ldi.

    2001-yil 20-yanvardagi o‘zining ochilish nutqida Bush ijtimoiy xavfsizlik va sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga va soliq yukini kamaytirishga va’da berdi. Bush hukumati tarkibiga sotsial-demokratlardan qattiqqo‘l konservatorlarga qadar turli yo‘nalish va qarashlarga ega siyosatchilar kirdi.

    2001-yil fevral oyida prezident federal budjet hisobotini taqdim etdi (1,96 trillion dollar) va soliqlarni kamaytirish, ta’lim va harbiy sohaga ajratiladigan xarajatlarni ko‘paytirishini e’lon qildi. Ushbu davr AQSh iqtisodiyotidagi pasayishning dastlabki belgilari namoyon bo‘lgan davr edi. Tanqidlarga qaramay, 2001-yil iyun oyida Kongress soliqlarni qisqartirish dasturini qabul qildi (1,35 trillion dollarga).

    Aprel oyida ma’muriyat XXRga razvedka samolyotini qo‘ndirishga majbur bo‘lgan uchuvchilarni ozod qilish bo‘yicha Xitoy bilan jiddiy muzokaralar olib borishi kerak edi. Xuddi shu yil oxirida AQShda bioterrorizm keng tarqaldi. 2001-yilda Jorj Bush raketa hujumiga qarshi milliy mudofaa tizimi barpo etilishini e’lon qildi. Bush, shuningdek, ildiz hujayralari sohasidagi tadqiqot loyihalarni muzlatib qo‘ydi. Kech abort qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Uning prezidentligi davrida Qo‘shma Shtatlarda terrorizmga qarshi kurashish uchun terrorizmda gumon qilingan shaxslarga nisbatan choralar qo‘llashda deyarli cheksiz huquqlarga ega bo‘lgan Milliy xavfsizlik vazirligi tashkil etildi. 2001-yil dekabrda Qo‘shma Shtatlar “Ballistik raketaga qarshi shartnoma”dan chiqishini e’lon qildi. Rossiya bilan munosabatlarning keskin ravishda yomonlashuvi sharoitida Bush 2001-yilda Rossiya prezidenti Putin bilan bir necha uchrashuvlar o‘tkazdi.

    Jorj Bushning birinchi prezidentlik (2004-yilda u qayta saylangan) davrida AQSh iqtisodiyoti muvaffaqiyatli rivojlandi. Mamlakat YaIM barqaror o‘sib bordi: 2001-yilda 1,0 foiz, 2002-yilda 1,8 foiz, 2003-yilda 2,8 foiz, 2004-yilda 3,8 foizga o‘sdi. Inflyatsiyaning past darajasi saqlanib qoldi – 2002-yilda 1,6 foiz, 2003-yilda 2,3 foiz. 2003-yilda Qo‘shma Shtatlarda mehnatga layoqatli ishsiz qatlam mamlakat aholisining olti foizini tashkil etgan edi (2004-yilga kelib bu ko‘rsatkich 5,5 foizni tashkil qildi).

    2002-yilda Kichik Jorj Bushning prezidentligi davrida Qo‘shma Shtatlar Solt-Leyk-Siti shahrida bo‘lib o‘tgan XIX qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qildi.

    Prezident xavfsizlik xizmati

    Barcha xalqaro sayohatlarda Bushga siyosiy yordamchilar va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilaridan tashqari 250 maxfiy xizmat agenti, 15 politsiyachi, 20 zirhli mashinadan iborat ikki karvon, shu jumladan, prezident limuzini,  Sikorsky Sea King va Black Hawk vertolyotlari hamrohlik qilgan edi.

    Shaxsiy hayoti

    1977-yilda Bush sobiq o‘qituvchi va kutubxonachi Laura Uelchga uylandi. 1981-yil 25-noyabrda er-xotin Barbara va Jenna ismli egizak qizli bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bushga e’tirof

    2005-yilda Tbilisidagi Melanskaya ko‘chasi AQSh prezidentining Gruziyaga tashrifi munosabati bilan Bush ko‘chasi deb o‘zgartirildi. Albaniyada 2007-yilda Jorj Bush sharafiga bir qator pochta markalari chiqarildi.

    Dilbar Ismatullayeva tayyorladi.

    09.11.2020, 08:39   Izoh (0)   35474
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Donald Tramp unutilmas AQSh prezidenti ekanligini isbotlovchi 30 ta surat

    08.11.2020, 19:40

    Rossiyada qatorasiga 3-kun 20 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlandi

    08.11.2020, 17:20

    Ozarbayjon prezidenti Tog‘li Qorabog‘dagi muhim shahar qo‘lga kiritilganini e’lon qildi

    08.11.2020, 16:19

    Bayden AQShning dunyo oldidagi hurmatini qaytarishga va’da berdi

    08.11.2020, 15:20

    Tramp hokimiyatni qanday shart bilan Baydenga topshirishi ma’lum bo‘ldi

    08.11.2020, 14:21

    Pashinyan Qorabog‘ga Rossiya tinchlikparvarlarining kiritilishini eng samarali yo‘l deb atadi

    08.11.2020, 13:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shaxsiy kurort, golf klubi va alohida oshpaz: Gollivud yulduzlarining rejissyorlarga qo‘yadigan noodatiy talablari

    Kino | 29 may, 09:59

    Eldor Shomurodov: “Bu safar xato qilishga haqqimiz yo‘q”

    Sport | 29 may, 09:55

    O‘zbekistonda sotuvchilar tovarni vaqtida yetkazib bermasa, penya to‘lashi ko‘zda tutilgan qonun ma’qullandi

    O‘zbekiston | 29 may, 09:52

    Rossiyaning yadroviy bazalari sxemasi internetda tarqaldi (foto)

    Dunyo | 29 may, 09:41

    Ovqatdan keyingi ko‘ngil aynishi va holsizlikka qarshi qanday chora ko‘rish mumkin?

    Salomatlik | 29 may, 09:19

    YKL. “Chelsi” “Betis”ni yirik hisobda mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi (video)

    Sport | 29 may, 09:12

    Ilon Mask davlat ishidan ketayotganini e’lon qildi

    Dunyo | 29 may, 09:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.