• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bayden AQShning dunyo oldidagi hurmatini qaytarishga va’da berdi

    AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lgan Bayden va vitse-prezidentlikka nomzod Kamala Xarris o‘z g‘alabalari haqidagi dastlabki ma’lumotlardan so‘ng xalqqa murojaat bilan chiqish qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Men ushbu lavozimga Amerika ruhini davolash, ushbu mamlakatning asosi — o‘rta qatlamini tiklash va Amerika dunyoda yana hurmat qozonishi uchun intildim”, — degan Bayden.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z e’tiborini COVID-19’ga qarshi kurashish, fuqarolar farovonligini oshirish, shuningdek, iqlimni himoya qilish va irqchilikka qarshi kurashga qaratmoqchi.

    Baydenning aytishicha, 9-noyabr kuni u koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish rejasini ishlab chiqishni boshlaydigan ekspertlar guruhini chaqiradi. “Dushanba kuni men Bayden va Xarrisning COVID-19 bo‘yicha rejasi asosida harakatlar dasturi loyihasini tayyorlashda yordam berish uchun o‘tish davri bo‘yicha maslahatchilar sifatida xizmat qiladigan yetakchi olimlar va ekspertlar guruhini taqdim etaman”, — degan Bayden. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqilgan dastur inauguratsiyadan so‘ng, 2021-yilning yanvarida kuchga kiradi.

    Bundan tashqari, Bayden “jamiyatni ajratmaydigan, aksincha, uni birlashtiradigan prezident” bo‘lishga va’da bergan. U respublikachi Donald Trampga ovoz berganlarning hafsalasi pir bo‘lganini tushunishini, ammo endi “bir-birimizga imkoniyat berish kerakligini” aytgan. “Keskin gaplarni bir chetga surib, darajani pasaytirish, yana bir-birimizni ko‘rish, bir-birimizga quloq solish payti keldi”, — degan Bayden.

    AQSh ommaviy axborot vositalari, xususan, Associated Press, CNN, The New York Times, ABC News, Fox News va boshqalar 7-noyabr, shanba kuni Jo Baydenni AQShning saylangan prezidenti deb e’lon qildi. OAV hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlikka nomzod – Demokratik partiyadan ko‘rsatilgan sobiq vitse-prezident Jo Bayden Pensilvaniya shtatida g‘alaba qozongan va prezident saylovida g‘olib chiqish uchun tanlovchilarning kamida 270 ta ovozi kerak bo‘lgan holatda 273 ta ovozni qo‘lga kiritgan.

    AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp Amerikaning yirik ommaviy axborot vositalari Jo Baydenning saylovlarda g‘olib chiqqanligini e’lon qilganidan keyin hozircha mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortdi.

    Tanlovchilar hay’ati prezidentni rasman 14-dekabr kuni saylaydi.

    The New York Times’ning yozishicha, 77 yoshli Bayden 20-yanvar kuni AQShning 46-prezidenti sifatida qasamyod qiladi va ushbu lavozimni egallagan tarixdagi eng keksa shaxsga aylanadi.

    Mavzuga doir:

    • Jo Bayden — AQShning yangi prezidenti. Tramp esa mag‘lubiyatni tan olmayapti. Asosiy ma’lumotlar
    • Foto: Jo Bayden tarafdorlari uning AQSh prezidenti saylovidagi g‘alabasini tantana qilmoqda

    08.11.2020, 15:20   Izoh (0)   49468
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tramp hokimiyatni qanday shart bilan Baydenga topshirishi ma’lum bo‘ldi

    08.11.2020, 14:21

    Pashinyan Qorabog‘ga Rossiya tinchlikparvarlarining kiritilishini eng samarali yo‘l deb atadi

    08.11.2020, 13:39

    Foto: Jo Bayden tarafdorlari uning AQSh prezidenti saylovidagi g‘alabasini tantana qilmoqda

    08.11.2020, 12:40

    Erdo‘g‘on turk lirasining keskin qadrsizlanishi sababli Markaziy bank rahbarini ishdan bo‘shatdi

    08.11.2020, 11:39

    Jo Bayden — AQShning yangi prezidenti. Tramp esa mag‘lubiyatni tan olmayapti. Asosiy ma’lumotlar

    08.11.2020, 11:14

    BMT ocharchilik xavfi ostida bo‘lgan mamlakatlarni ma’lum qildi

    08.11.2020, 10:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonliklarning Koreyaga safarlari 48,7 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 12:59

    Yangi zelandiyaliklar ishsizlik tufayli mamlakatni tark etmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 12:59

    Janubiy Koreyada jinoyatchilikni kamaytirish uchun golografik politsiyachi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 16 avgust, 12:35

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00

    Rossiya o‘rmonida boshiga qop kiydirilgan holda o‘g‘irlangan o‘zbekistonlik oshpaz topildi

    Dunyo | 16 avgust, 11:59

    Yangi Porsche, brilliant va qimmatbaho liboslar: Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 366 ming dollarlik sovg‘alar xarid qildi

    Layfstayl | 16 avgust, 11:42

    Aliment to‘lamay qamalgan otaning qarindoshlari MIB xodimlari bilan janjallashdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:20

    “Zakovat” bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati Bishkekda start oldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.