Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilarga murojaat qilib, Qamchiq dovonida ob-havo o‘zgarishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
“9-noyabr kuni Qamchiq dovonida havo o‘zgarishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, yomg‘ir yog‘ishi, tushdan keyin esa tuman tushishi kutilmoqda. Dovonni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini iltimos qilamiz!”, – deyiladi vazirlik axborotida.
Avval O‘zbekistonda dam olish kunlari davomida sovuq tushib, yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda noyabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda?
Izoh (0)