• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryo hokimligi pandemiya davrida vafot etgan 27 nafar tibbiyot xodimining ism-shariflarini e’lon qildi

    Qashqadaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston tibbiyoti xodimlari kunida koronavirus pandemiyasi davrida vafot etgan shifokor va hamshiralarning ism-shariflarini e’lon qildi.

    Pandemiya davrida vafot etgan 27 nafar tibbiyot xodimi — 21 nafar shifokor va 6 nafar hamshiraning oilalariga bir martalik yordam pullari yetkazilgan. Xabar berishlaricha, vafot etgan shifokorlarning oilalariga 10 million so‘mdan, hamshiralarning oilalariga esa 5 million so‘mdan yordam puli berilgan.

    “Insonlar salomatligi yo‘lida jonlarini fido qilgan shifokor va hamshiralarimizning oila a’zolariga ajratilagan bir martalik yordam pullari bugunni o‘zida yetkaziladi”, — deya ta’kidlagan Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev.

    Ro‘yxatda ismi keltirilganlarning aynan qaysi sanada vafot etgani ma’lum qilinmagan. Biroq, “Gazeta.uz”ning aniqlik kiritishicha, 2020-yilda vafot etgan tibbiyot xodimlari xotirasiga bag‘ishlangan, ularning ismlari va suratlari e’lon qilib borilayotgan “Fidokorlar” Telegram-kanalida Qashqadaryo hokimligi e’lon qilgan ro‘yxatdagi ism-familiyalarni ham uchratish mumkin.

    Qashqadaryo viloyatida 2020-yilgi pandemiya davrida vafot etgan tibbiyot xodimlari

    1. Nurmatov Sherali Nazarovich — viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri. “Fidokorlar” kanali u haqda 22-avgust kuni yozgan (bu o‘lim sanasi emas, balki kanalda marhum haqida ma’lumot berilgan sana).

    2. Muzaffarov Raul Kamolovich — viloyat Sanitariya-epedimiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati epedimiologiya bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri. 14-sentabr.

    3. Ko‘charov Xo‘ja Umarovich — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali toksikologiya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri. 21-oktabr.

    4. Yoqubov Kengboy Ibrohimovich — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali rentgenolog shifokori bo‘lib ishlagan. Koson tumani. 14-avgust.

    5. Boymurodov Xanjar Bohorovich — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali neyroxirurgiya bo‘limi shifokori bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri. 21-oktabr.

    6. Imomov Bo‘ron Bo‘riyevich — viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi yiringli xirurgiya bo‘limi shifokori bo‘lib ishlagan. Qarshi tumani. 3-sentabr.

    7. Vazirov Bekmurod Ma’diyevich — viloyat 1-son asab-ruhiy kasalliklar dispanseri 6-psixiatriya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri. 18-avgust.

    8. Abirahmatov Parda Hayitovich — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi “Qovchin” QVP umumiy amaliyot shifokori bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.

    9. Rahimov Sayfulla Karimovich — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi ShTYo xirurgiya bo‘limi shifokori bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani. 1-oktabr.

    10. Ko‘chimova Setora Eraliyevna — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi ShTYo terapiya bo‘limi hamshirasi bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani. 25-sentabr.

    11. Elmurodova Elnora Nuriddin qizi — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi ShTYo xirurgiya bo‘limi hamshirasi bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.

    12. Toshpo‘latova Saodat Tojiyevna — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi hamshirasi bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.

    13. Chaqqonova Barno Muhiddinovna — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi ShTYo terapiya bo‘limi orastabonusi bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.

    14. Ismatova Mahbuba O‘rinovna — Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan. Qarshi tumani. 14-avgust.

    15. Omonova Navbahor Rahmatullayevna — Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi 57-qishloq oilaviy poliklinikasi akusher-ginekolog shifokori bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri. 14-avgust.

    16. Xudoyberdiyeva Dilbar Rahmonovna — Qarshi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi immunolog vrachi bo‘lib ishlagan. Qarshi tumani. 15-avgust.

    17. Jo‘rayev Bahodir Kenjayevich — Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi 52-qishloq oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori bo‘lib ishlagan. Qarshi tumani.

    18. Qo‘shoqov Husan Pardayevich — Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Dehqonobod tumani.

    19. Saodatov Bobomurod Qahhorovich — Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi 3-son qishloq oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi bo‘lib ishlagan. Dehqonobod tumani.

    20. Utanov Qulmuhammad — Dehqonobod ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi teri-tanosil kasalliklari shifokori bo‘lib ishlagan. Dehqonobod tumani.

    21. Ibrohimov Ashur Rahmatullayevich — Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi 51-son qishloq oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi bo‘lib ishlagan. Qamashi tumani. 17-avgust.

    22. Suyunov Baxtiyor Turdiyevich — Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi TTYo bo‘limi vrachi bo‘lib ishlagan. Qamashi tumani.

    23. Xidirova Hadicha Nazarovna — Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi ginekologiya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Qamashi tumani. 15-oktabr.

    24. Nazarov Mamayoqub Usmonovich — Kitob tuman tibbiyot birlashmasi reanimatolog shifokori bo‘lib ishlagan. Kitob tumani. 30-sentabr.

    25. Ashurov To‘lqin Abdullayevich — Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri. 31-avgust.

    26. Ismoilova Shoira Negmatovna — Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi akusher-ginekolog shifokori bo‘lib ishlagan. Shahrisabz shahri. 13-oktabr.

    27. Fayziyev Shukrullo — Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi pediator shifokori bo‘lib ishlagan. Shahrisabz tumani. 6-oktabr.

    “Shifokorlik kasbini yoshligidan sevib, tibbiyot oliygohlarida o‘qib, umrini shu kasbga bag‘ishlagan va pandemiya paytida vafot etgan yuqoridagi vohadoshlarimiz orasida 1995—1985-yillarda tug‘ilgan hamda yarim umrini shu sohaning sir-asrorlarini o‘rganishga bag‘ishlab, endigina turmush qurgan yoki faoliyatini endi boshlaganlari ham bor edi. Afsus... Ularning jasorati va fidoyiligi qalblarimizda mangu yashaydi”, — deydi Qashqadaryo viloyati hokimi.
    Viloyat hokimligi matbuot xizmatidan “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishlaricha, nomlari yuqorida keltirib o‘tilgan tibbiyot xodimlari orasida nafaqat koronavirusdan, balki yondosh kasalliklar, pnevmoniya asoratlari oqibatida vafot etganlar ham bor.

    “Fidokorlar” Telegram-kanali ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda O‘zbekistonda 485 dan ortiq tibbiyot xodimlari vafot etgan. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi esa shu kungacha qancha tibbiyot xodimi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani haqida ma’lumot bermagan.

    Avvalroq “Gazeta.uz” nashri Davlat statistika qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarga asoslanib, koronavirus pandemiyasi sababli O‘zbekistonda iyul oyida o‘limlar soni 26,4 foizga, Toshkent shahrida 2,6 barobarga ko‘paygani haqida yozgan edi. O‘lim holatlari soni oshishiga aynan nima sabab bo‘lgani haqidagi so‘rovga Sog‘liqni saqlash vazirligi hali ham javob bermagan.

    Bundan tashqari, Davlat statistika qo‘mitasi so‘nggi yillarda birinchi marta yilning dastlabki to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra O‘zbekistondagi demografik vaziyatga doir axborotnomasiga o‘lim statistikani kiritmadi.

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yuritilayotgan rasmiy statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda 7-noyabr holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida 583 kishi vafot etgan (SSV ro‘yxatida O‘zbekistonda vafot etmagan kamida bir kishi bor). “Daryo” nashri 22-sentabrga qadar yuritgan statistikada SSV statistikaga kiritilmagan kamida 19 ta o‘lim holati bor edi – ushbu holatlar inobatga olinsa, O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 7-noyabr kuni 600 kishidan oshgan.

    08.11.2020, 15:41   Izoh (0)   67897
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Korrupsiya o‘zi bozordan boshlanadi”. Sherzodxon Qudratxo‘jayev bozorlardagi pullik avtoturargohlarni tanqid qildi

    08.11.2020, 14:40

    “Kim O‘zbekistonda millatni sog‘lom qiladi? Faqat shifokorlar”

    08.11.2020, 13:20

    Bosh prokuraturada o‘tkazilgan korrupsiya holatlari bo‘yicha idoralararo yig‘ilish — suratlarda

    08.11.2020, 12:15

    O‘zbekistondagi maktablarda 6 fanni birlashtirgan Science fani joriy etiladi

    08.11.2020, 07:16

    Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi xodimi nostrifikatsiya uchun 6,5 ming dollar pora olgan

    07.11.2020, 23:38

    Andijonda hokimlik vakili noqonuniy ravishda o‘zlashtirgan binoni buzib tashlab, qurilish materiallarini 760 mln so‘mga sotib yuborgani ma’lum qilindi

    07.11.2020, 22:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.