PSJ futbolchilari Yevropa Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida “Leypsig”ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan noqulay holatga tushib qoldi.
Parijliklar himoyachisi Leven Kurzavaning ma’lum qilishicha, jamoaning bir qator o‘yinchilari Germaniyadagi mehmonxonada liftga qamalib qolgan.
PSJ o‘yinchilari u yerda bir soatdan oshiq qolib ketgan. Ular uchun mahalliy qutqaruv xizmati vakillari jalb etilgan.
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti liftdan qo‘rqadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u voqea paytida liftning ichida bo‘lgan.
“Leypsig” va PSJ jamoalari o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 4-noyabrdan 5-noyabrga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)