“Real” yarim himoyachisi Rodrigo Goes Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasida o‘tkazilgan “Inter”ga qarshi o‘yinda (3:2) g‘alaba to‘piga mualliflik qildi.
Shu tariqa 19 yoshli braziliyalik futbolchi XXI asrda tug‘ilgan futbolchilar orasida Chempionlar Ligasida 5 ta gol urgan “Real”ning ilk futbolchisiga aylandi. Rodrigo 4 ta golini u Chempionlar Ligasining o‘tgan mavsumida urgan.
Ma’lumot o‘rnida, Rodrigo 2019-yildan beri “qirollik klubi”da to‘p surib keladi. Hujumchi La Liganing 2020/21-yilgi mavsumida 4 o‘yinida maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izoh (0)