“Liverpul” hujumchisi Diogu Jota Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan “Atalanta”ga qarshi o‘yinda (5:0) het-trik qayd etdi.
Shu tariqa portugaliyalik futbolchi Chempionlar Ligasida (Chempionlar Kubogi) mazkur natijaga erishgan (bir o‘yinda 3 ta gol urgan) “Liverpul”ning to‘qqizinchi futbolchisiga aylandi.
Jota yozgi transferlar vaqtida mersisaydliklar safiga kelib qo‘shilgandi. “Liverpul” futbolchi uchun “Vulverhempton”ga 43 million yevro to‘lagan edi. Diogu 2020/21-yilgi mavsumda klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 10 o‘yinda 7 ta gol urdi.
Mavzuga doir: Havertsdan Semedugacha. APL klublarining 2020-yilgi yozgi transfer oynasidagi eng qimmat xaridlari
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)