“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liga doirasida “Real”ga qarshi kechgan o‘yindan (1:3) keyin VAR tizimi haqidagi gaplari uchun jazoga tortilishi mumkin.
Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) musobaqalar o‘tkazish bo‘limi Kumanga nisbatan tartib intizom ishi ochadi.
Yangi reglamentga ko‘ra, 57 yoshli mutaxassis ikki o‘yindan 12 ta o‘yingacha diskvalifikatsiya olishi va 601 yevrodan 3 ming yevrogacha bo‘lgan miqdorda jarima to‘lashi mumkin.
Kuman “El-Klasiko”dan keyin quyidagi gaplarni aytgandi: “Tushunmayapman, VAR bizga qarshi ishlayapti. “Barselona” mag‘lubiyatga loyiq emasdi. Bahsli penalti natijaga ta’sir o‘tkazdi”.
RFEF shuningdek, ijtimoiy tarmoqda “Real”ga qarshi o‘yin bosh hakamidan noligan Xavi Vilajoanga ham tartib intizom ishi ochadi.
Avvalroq RFEF “Betis” bosh murabbiyi Manuel Pellegriniga nisbatan ish ochgandi. Mutaxassis “Real”ga qarshi kechgan o‘yindan (2:3) keyin shunday gaplarni aytgandi: “Birdaniga “Real” va VAR’ga qarshi o‘ynash juda qiyin”.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)