“Yuventus” sobiq himoyachisi Paskuale Bruno turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronalduni tanqid ostiga oldi.
“Ronaldu nodon. U ikki yildan buyon Italiyada va haligacha bizning tilni o‘rgangani yo‘q. U tushuntirishlarda ispan tilidan foydalanadi.
U na o‘z jamoadoshlarini, na italiyaliklarni hurmat qilmaydi”, — deydi Bruno.
Ronaldu 2018-yilning yozida “Real”dan “Yuventus” safiga kelib qo‘shilgandi. Portugaliyalik futbolchi 2020/21-yilgi mavsum A Seriyada 3 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)