“Real” Yevropa Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida “Inter”ga qarshi kechgan bahsda g‘alabaga erishdi (3:2).
Madridliklarning gollaridan biriga himoyachi Serxio Ramos mualliflik qildi. Bu 34 yoshli futbolchi uchun “Real” safidagi 100-gol bo‘ldi, ularning 55 tasi bosh bilan kiritilgan.
Shuningdek, Ramos 2003/04-yilgi mavsumdan buyon Chempionlar Ligasida 8 marta boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi — bu himoyachilar orasida eng yaxshi natija hisoblanadi. Avvalgi rekord “Chelsi” sobiq himoyachisi Jon Terriga (7) tegishli edi.
“Real” 3-turdan keyin 4 ochko bilan guruhda 3-o‘rinni egallab turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)