Buxoro viloyati IIB axborot xizmati temiryo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tishga odatlangan 69 yoshli otaxonning poyezd urib ketishi oqibatida halok bo‘lganini xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, 2020-yil 3-oktabr kuni “Toshkent – Volgograd” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi velosipedini yetaklab temir yo‘lni kesib o‘tayotgan 69 yoshli fuqaroni urib yuborgan. Jabrlanuvchi hodisa oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.
Hodisa yuzasidan Buxoro viloyat transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Buxoro viloyati IIB Transportda xavfsizlik boshqarmasi hamda viloyat Transport prokuraturasi tomonidan bu kabi hodisalarning oldini olish bo‘yicha temiryo‘lga yaqin hududlarda yashovchi aholi orasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
- Farg‘onada shlagbaumni aylanib o‘tmoqchi bo‘lgan yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashdi. Haydovchi voqea joyida vafot etdi
- Farg‘onada poyezd urib yuborishi oqibatida 12 yoshli bola halok bo‘ldi
- Andijonda o‘smir qizni poyezd urib ketdi
- Pastdarg‘omda 40 yoshli piyoda poyezd urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
Izoh (0)